Get Mystery Box with random crypto!

Sutli holva. Tarkibi: 3 osh qoshiq un 1 osh qoshiq eritilgan | 🥗 Milliy Taomlar 🍜 | Uyda qoling ✅

Sutli holva.

Tarkibi:

3 osh qoshiq un
1 osh qoshiq eritilgan oqyog’
2 stakan sut
1/2 stakan shakar

Tayyorlanishi:

Chuqur tovaga eritilgan oqyog’ solib qizdiriladi.  So’ngra elangan un sepib, yaxshilab aralashtirib turiladi. Un jigarrang tusga kirguncha qovuriladi.
Shundan so’ng oz miqdorda suv qo’shib, qumoq bo’lib qolmasligi uchun kovlab turiladi.
Sut qaynatiladi, ichiga shakar solib to’liq erigunga qadar qoshiq yordamida aralashtirib turiladi. Keyin sutli aralashmani qovurilayotgan un ustiga quyib, past olovda to quyilgunga qadar qaynatiladi.
Tayyor holva yog surilgan kichik qolipchalarga quyiladi. Yuza qismi shibbalab tekislanadi. Holvalar sovugandan keyin dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!