Get Mystery Box with random crypto!

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi 2023- | Milliy sertifikat | INFO

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2023-yil 4-5-mart kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 9-11- va 13-17-mart kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari maxsus dastur orqali elektron tarzda o‘tkazilib, unda 8 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. 15 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Test natijalari 27-mart kuni my.gov.uz saytida e’lon qilinadi va talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limi orqali o‘z natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi