Get Mystery Box with random crypto!

Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi 2024-yil 11-may | Milliy sertifikat | INFO

Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 11-maydan 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

  Abituriyentlarga eslatma: chet tilidan tegishli daraja (B2 va undan yuqori daraja)dagi  millliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlardan oliy va professional ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishda sertifikatni yuklash talab etilmaydi. Sertikat haqidagi ma'lumotlar tizimda to‘g‘ridan to‘g‘ri aks etadi!

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi