Get Mystery Box with random crypto!

#Vatandoshlar_bilan_muloqot Rossiya Federatsiyasi Tashqi me | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Vatandoshlar_bilan_muloqot
Rossiya Federatsiyasi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari tomonidan Tuladagi “Kapitan”, Sankt-Peterburgdagi «KMZ», Voronejdagi «Zavod JBK» korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlarda fuqarolarimizning yashash va ish sharoitlari bilan tanishilib, ularning muammolariga yechim topishda ko‘maklashildi. Migratsiya sohasidagi yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Shuningdek, fuqarolarga Rossiya Federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzmaslik, ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslik hamda turli vaʼdalarga uchmaslik yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish