Get Mystery Box with random crypto!

Endilikda Koreyaga mavsumiy ishlarga hamyurtlarimiz jalb qilin | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Endilikda Koreyaga mavsumiy ishlarga hamyurtlarimiz jalb qilinadi

Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Koreya Adliya vaziri Pak Son Je bilan uchrashuvda kelishuvga erishdi.

Seulda boʻlib oʻtgan uchrashuvda, dastlab ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari xususida so‘z bordi. Mehnat munosabatlariga oid mavjud muammolar o‘rtaga tashlanib ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi.

Olib borilgan muzokaralar natijasida endilikda yurtdoshlarimiz Koreyada qishloq xo‘jaligi sohasidagi mavsumiy ishlarda mehnat qilishi mumkin bo‘ladi.

Xususan, qishloq xo‘jaligi, agrotexnologiyalar bo‘yicha ishlab, malakasini oshiradi, bu orqali ayni yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini boyitib, yurtimizga katta tajriba bilan qaytishi mumkin.

Bundan tashqari professional kasb-hunarga ega boʻlgan oʻgʻil-qizlarning ham Koreyada ishlash imkoniyatlari paydo boʻlmoqda.

Aytish kerakki, ushbu yoʻnalishda yaʼni, maʼlum bir kasb-hunarga ega boʻlgan, qoʻlida diplomi bor mutaxassislar koʻp. Endilikda ular ham oʻz sohasidan kelib chiqib Koreyada faoliyat olib borishi yoʻlga qoʻyiladi.

Ayni yoʻnalishda Adliya vazirligi bilan kelishuvga erishildi. Uchrashuvda yurtdoshlarimizning namunali faoliyat olib borishi, Koreya davlati qonunlarini hurmat qilishi ikki davlat hamkorlik munosabatlarining yanada taraqqiy etishiga xizmat qilishi qayd etildi.

Koreyaga vaqtincha ishlash uchun boradigan har bir nomzod bilan mutaxassislar alohida shugʻullanishi, ushbu davlatning mehnat va migratsiya qonunchiligi, madaniyati, urf-odat va anʼanalari xususida axborotlar berib borilishi maʼlum qilindi.

Koreya Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan alohida qayd etildiki, agarda o‘zbekistonlik ishchilar Koreya Respublikasining mehnat qonunchiligini buzmasa, nolegal faoliyatga o‘tmasa, o‘z ish joylarini asossiz tashlab ketmasa Koreya tomoni hamyurtlarimiz uchun har qanday ishchi viza turini eng yuqori darajada ochib berishga tayyorligini bildirdi.


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube