Get Mystery Box with random crypto!

Jamiyatda mana shunday nosog'lom erkaklar va mana shunday noso | Marvarid_dil

Jamiyatda mana shunday nosog'lom erkaklar va mana shunday nosog'lom erkakni qo'llaydigan odamlar bor ekan, aziz sog'lom fikrlaydiganlar iltimos qizlaringizni sportga bering. O'zini himoya qila olsin. Qizlaringizga faqat uyatni emas balki o'zini himoya qilishni ham o'rgating. Qizlaringizni duch kelgan erkakka uzatmang, es aqlini tanib o'zi tanlab tegsin! Menga qo'lingni tekkizma deb ayta oladigan qilib tarbiyalang. Qadamidan o't chaqnaydigan qilib tarbiyalang. Faqat xop xop deyishni emas, o'z fikrini ayta oladigan hur fikrli qilib tarbiyalang iltimos. Arziydiganga itoat qilinadi, moldek tarbiya topgan manyaklarga emas deb uqtiring. Qizlar o'lmasin, onalar o'lmasin, ayollar o'lmasin! Zulmdan o'lmasin. Zulm chekib tiriklay o'lmasin.
Qizlarimizni qaddilarini tik, qadrlarini baland qilib tarbiyalaylik!!!