Get Mystery Box with random crypto!

Buyuk ajdodlarimiz bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak, | Manaviyat.edu.uz

Buyuk ajdodlarimiz bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak, arziydi

Bilasizmi, hayotda shunday damlar bo‘lar ekanki hamisha shu yurtda dunyoga kelganingga, aziz Vatanning dilbandi ekaningga shukrona aytasan. Uning har bir qarichi aziz, tuprog‘i muqaddas, buyuk daholar beshik bo‘lgan qadim zamin bu. Yuragingda Vatanga bo‘lgan cheksiz mehring jilvalanganda, uni barcha barchasidan avaylashni, ardoqlashni istar ekansan. Qalbing uni deb urar, tiling faqat uning nomini aytishdan, baxtiyorligingni qayta qayta aytishdan charchamaydi. Har qanday yovuz kuchlar ta’siridan uni avaylashni istar ekansan, bu go‘zal olamni ko‘rish imkonini hadya etuvchi ko‘zlarning unda yashayotgan har bir insonni ozod va baxtli ko‘rmoqni orzu qilar ekansan.

Mirzohid Botirov,
FarPI birinchi prorektori

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | YouTube