Get Mystery Box with random crypto!

TATU Nukus filiali talabasi 'TechnoWays' texnologik rivojlanis | Manaviyat.edu.uz

TATU Nukus filiali talabasi "TechnoWays" texnologik rivojlanish marafonida 3-o'rin sohibi bo'ldi

"InnoWeek-2022" innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida Qoraqalpog'iston Respublikasida "TechnoWays" texnologik rivojlanish marafoni o'tkazildi.

Ushbu marafonga jami 41 nafar iqtidorli yoshlar o‘zlarining innovatsion g'oyalari va ishlanmalari bilan ishtirok etishib, 3 nafar eng yaxshi loyiha egalariga eng so'nggi rusumdagi noutbuk va 3D printerlar sovg'a qilindi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali talabasi Niyetbaev Shingiz ushbu innovatsion ko'rgazmada faol ishtirok etib, o'zi yaratgan "Aqilli dori qutisi" loyihasi bilan 3-o'rin sohibi bo'ldi. Shuningdek, tashkilotchilar tomonidan diplom va 3D Printer bilan mukofatlandi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | YouTube