Get Mystery Box with random crypto!

Adiblar xiyobonidagi ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari dav | Manaviyat.edu.uz

Adiblar xiyobonidagi ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari davom etmoqda!

Andijon davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor M.Parpiyev boshchiligida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Toshkent shahrida bo‘lib, ajdodlarimiz merosini oʻrganish va ularni kelgusi avlodga yetkazish maqsadida “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurishdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti tomonidan “Zulfiyaxonim xotirasini yod etib” nomli tadbiri “Adiblar xiyoboni”da tashkil etildi.

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan “Adiblar xiyoboni”da “Mushoira fest” adabiyotshunoslik festivali o‘tkazildi.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Uchinchi Renessans yoshlarini tarbiyalashda Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybekning badiiy merosi” nomli konsert dasturi “Adiblar xiyoboni”da tashkil etildi.

Toshkent davlat pedagogika univeristeti tomonidan “Adiblar xiyoboni”da Abdulla Avloniy haykali poyida hisobot konsert dasturi boʻlib o‘tdi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube