Get Mystery Box with random crypto!

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Telegram kanalining logotibi manaviyat_va_marifat_darsi — MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 57.52K
Kanalning ta’rifi

👉 https://myurls.co/inspector_uz
👉 @jinoyatkodeksi_uz
👉 @jpk_uz
👉 @mjtk_uz
Боғланиш @inspector_aloqa_bot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2024-05-02 09:53:14
ПРЕЗИДЕНТ ШАВКАТ МИРЗИЁЕВНИНГ III - ТОШКЕНТ ХАЛКАРО ИНВЕСТИЦИЯ ФОРУМИНИНГ ЯЛПИ МАЖЛИСИДАГИ НУТҚИ

ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИШ БУ ЕРДА
25.6K views06:53
Ochish/sharhlash
2024-05-01 19:11:01
Бир варақ аризадан бутун бошли жиноят иши яратилади - Шарафутдинов Алишер Озодович
(Ички ишлар вазири ва Бош прокурорнинг ўринбосари, собиқ)
28.1K viewsedited  16:11
Ochish/sharhlash
2024-04-30 16:08:31
Жазони ижро этиш тизимида қандай ўзгаришлар бўлади?

2024 йил 24 апрелда Вазирлар Маҳкамасининг «Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги жазони ижро этиш департаментининг фаолиятини самарали ташкил этишга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида»ги қарори қабул қилинди.

Қарорда нималар кўзда тутилган, жазони ижро этиш тизимида қандай ўзгаришлар бўлади?

Батафсил бу ерда

@manaviyat_va_marifat_darsi
21.3K views13:08
Ochish/sharhlash
2024-04-29 07:52:45 Davlatimiz rahbarining qaror va farmonlari asosida har yili Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashishga hissa qo‘shgan, hamyurtlarimiz, shuningdek, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasini abadiylash¬tirish, faxriylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Urush qatnashchilarining xonadonlariga borilib, ularga pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar tantanali tarzda topshirilyapti. Frontorti mehnat faxriylari, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda. Xuddi shuningdek, ular ko‘rsatgan matonat, mardlik va jasoratning ahamiyatini keng aholi, ayniqsa, yoshlar orasida targ‘ib qilish bo‘yicha madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi rahbariyati soha faxriylari hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Muntazam ravishda ularning holidan xabar olinib, moddiy yordam berilmoqda. Zarur bo‘lsa, turmush sharoitini yaxshilash, ta’lim olishi va salomatligini tiklashi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

...Yillar, zamonlar o‘tadi. Yurt ozodligi, tinch va osuda hayotini himoya qilishda kurashib jon bergan xalqimizning asl farzandlari xotirasi aslo uchmaydi. Qahramon otalaridan o‘rnak va namuna olib, ular bilan faxrlanib yashaydigan xalq esa hech qachon kam bo‘lmaydi.

Kamol OLLOYOROV,
o‘z muxbirimiz.

Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular
28.4K viewsedited  04:52
Ochish/sharhlash
2024-04-29 07:52:45 18-mavzu

XOTIRA VA QADRLASH – MILLIY QADRIYAT


Xotira – insonning insonligini anglatuvchi, uni o‘tmish bilan bog‘lab turuvchi buyuk qadriyat. U kechagi kun saboqlarini yodga solib, bugungi kunimizni, istiqbolimizni qadrlashga o‘rgatadi. Inson, millat va xalq tarixiy xotirasi bilan barhayot.

Har bir xalqning ma’naviy qadriyatlari bo‘ladi. Bugungi yorug‘ kunlarga yetib kelishimizga o‘z hissasini qo‘shgan, Vatan ozodligi, yurt mustaqilligi uchun jonini fido qilgan, chunonchi, Ikkinchi jahon urushida mardlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan vatandoshlarimiz xotirasiga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ayni chog‘da, o‘zlarining ibratli ishlari bilan el-yurt tinchligi, xalqimiz hayotining farovonligi yo‘lida hormay-tolmay mehnat qilayotgan, yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shayotgan nuroniy otaxon-onaxonlarni, ustoz-murabbiylarni qadrlash bizning ana shunday qadriyatlardan biri hisoblanadi.

Ajdodlarni xotirlash, ezgu ishlarini yodga olish, qolaversa, keksalik gashtini surayotgan faxriylarimizni ardoqlash, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish mustaqillik yillarida davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Aslida, har qanday urush ba¬shariyat uchun ulkan fojia. Ikkinchi jahon urushi esa insoniyat tarixidagi eng katta, eng mash’um qirg‘in. Olti yil davom etgan bu urushda o‘sha paytda dunyodagi 73 ta davlatdan 62 tasi, Yer yuzi aholisining 80 foizi ishtirok etgan. Yevropa, Osiyo va Afrika qit’alaridagi 40 ta davlatni bevosita qamrab olgan qurolli to‘qna¬shuvlarga 110 million kishi safarbar qilingan, jami 70 million kishi halok bo‘lgan.

Ota-bobolarimiz Ikkinchi jahon urushida chinakam mardlik ko‘rsatib, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga ulkan hissa qo‘shdilar. 120 mingdan ziyod o‘zbekistonlik askar va ofitserlar ko‘rsatgan jasorati uchun jangovar orden va medallar bilan mukofotlandi.

Urushning ilk kunlaridanoq O‘zbekiston ichki ishlar organlarining ko‘plab mard xodimlari ham o‘z ixtiyori bilan frontga otlandi. 1941-yilning o‘zida Toshkent o‘rta-maxsus militsiya maktabi tinglovchilarining 60 foizi, komandir-o‘qituvchilarining 30 foizi, Samarqand viloyati ichki ishlar organlaridan 1489 nafar, Tosh¬kent temiryo‘l militsiyasi bo‘limining 204 nafar xodimi o‘zbek milliy diviziyasi, shuningdek, general Panfilov diviziyasi safida jangga kirdi. Ular o‘z hayotini xavf-xatarga qo‘yib, Ukraina, Belorussiya, Leningrad, Xarkov, Kursk yoyi, Shimoliy va G‘arbiy frontlarda fa¬shistlarga qarshi janglarda yuksak qahramonlik va jasorat namunalarini ko‘rsatdilar.

Ularning ayrimlari frontdan sog‘-omon qaytib, ichki ishlar organlarida xizmatni davom ettirdi. Janglarda toblangan irodasi, fidokorona mehnatlari evaziga rahbarlik lavozimlariga ko‘tarilib, polkovnik, general unvonlarigacha bo‘lgan sharafli yo‘lni bosib o‘tdi.

Ta’kidlash kerakki, 9-may – Xotira va qadrlash kuni bugun chinakam milliy – umumxalq bayramiga aylandi. Shu kuni Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar yodga olinadi, hayot bo‘lganlarining holidan xabar olinib, ularga yuksak ehtirom ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish idoralari, jumladan, ichki ishlar organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltiriladi.
26.3K viewsedited  04:52
Ochish/sharhlash
2024-04-23 21:28:01
ИИВ ходими Нурали Шукуруллаев  "Ovoz - The Voice of Uzbekistan" лойиҳасида ЎЗГАЧА ТАНОВАР билан ростдан ҳам зални портлатгани ҳақида пост қўйган эдик.

Бу йигит тўртта афсонавий хонандалар ўртасида росса таламош бўлган экан. Сизнингча у кимни танлаган?
22.6K views18:28
Ochish/sharhlash
2024-04-23 13:30:01
Машинаси борлар учун янгилик: Агар қоидани бузганингиз ҳақида 48 соат ичида фото/видео келмаса жаримадан озод бўласиз

Эндиликда фото ва видео қайд этиш техника воситалари орқали йўл ҳаракати қоидалари бузилганлиги қайд этилган ҳолларда транспорт воситасининг мулкдори тўғрисида маълумот мавжуд бўлмаса, шунингдек махсус автоматлаштирилган фото ва видео қайд этиш техника воситалари орқали қайд этилган йўл ҳаракати қоидалари бузилишига оид маълумотлар жарима солиш тўғрисида қарор чиқаришга ваколатли бўлган мансабдор шахсга 48 соат ичида юборилмаган бўлса ишни кўриб чиқиш тугатиш белгиланмоқда.
52.8K views10:30
Ochish/sharhlash
2024-04-23 13:10:14
Енги узун куйлакда хизмат олиб боришга рухсат берилди

@manaviyat_va_marifat_darsi
34.1K views10:10
Ochish/sharhlash
2024-04-23 12:44:47
Ер ости бойликларини асраб қолиш ва муҳофаза қилиш борасида ички ишлар вазирлигига ваколат бериляпти



30.2K views09:44
Ochish/sharhlash
2024-04-18 18:34:56
Валижон Шамсиевни чет-эллик фирибгарлар чув туширди, 35 000 000 сўмга алдаб кетишди.
25.4K views15:34
Ochish/sharhlash