Get Mystery Box with random crypto!

Ushbu rejalar va loyihalarni amalga oshirish uchun alohida kom | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Ushbu rejalar va loyihalarni amalga oshirish uchun alohida kompleks chora-tadbirlardan iborat «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi. Shuningdek, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida 6 ta ustuvor yo‘nalish belgilandi. Qolaversa, Departament nizomi ham qabul qilindi. Ichki ishlar organlari tarixida ilk bor «Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi» qabul qilindi. Yangi qabul qilingan kodeks xodimlarni ma’naviyatli, sadoqatli, xalqparvar etib tarbiyalash, ularda halollik, yuqori mas’uliyat hamda odob-axloq normalariga so‘zsiz rioya etish hissini shakllantirish, nojo‘ya harakatlar va korrupsion holatlarning oldini olishga moslashtirildi. Shuningdek, kodeks – kasbiy madaniyat qoidalari, unga amal qilish majburiyati, xodimlarning xizmatdan tashqari vaqtdagi odobi, xizmat intizomi talablari, rahbar va xodimning o‘zaro munosabati, boshliqning majburiyati hamda rag‘batlantirish va intizomiy choralarni qo‘llash tartiblarini o‘z ichiga olgan.

Albatta, kodeksni tasdiqlash va tartiblarni belgilash bilan muammo hal bo‘lib qolmaydi. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, unga amal qilishning qat’iy talablari va shartlari ham belgilandi. Masalan, har bir xodim, u rahbar bo‘ladimi yoki oddiy xodim, barchasi kodeksga so‘zsiz rioya etishi, uning talablarini o‘zlashtirishi va bo‘ysunishi shart. Bundan buyon xodimning faoliyatini baholashda kodeks talablarini bilishi va unga amal qilishi asosiy mezonlardan biri sifatida qaraladi. Kodeks talablariga bo‘ysunmaslik esa xizmatdan bo‘shatishgacha bo‘lgan qat’iy choralarni qo‘llashga asos bo‘ladi. Barcha darajadagi rahbarlar kodeks talablarining bajarilishiga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish bo‘yicha shaxsan javobgar ekanligi ko‘rsatib o‘tildi.

Muhim yangiliklardan yana biri ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimini yaratishdir. Shu maqsadda IIV va uning hududiy bo‘linmalarida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi soha olimlari, faxriylar va jurnalistlardan iborat maslahat-kengash organi, ya’ni jamoatchilik kengashlari tuzildi. Jamoatchilik kengashlarini tuzish masalasi, birinchi navbatda, demokratik jamiyatning muhim sharti va xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Ikkinchidan, ushbu institut zamon talabi hamda islohotlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib joriy etilmoqda.

Ushbu tizimning yo‘lga qo‘yilishi endi bizdan ikki hissa mas’uliyatni talab etadi va faoliyatimiz qonuniy asoslar bilan doimiy tarzda jamoatchilik nazoratida bo‘ladi. Chunki qaror bilan ushbu jamoatchilik kengashlariga bir qancha aniq vazifalar yuklanadi.

Bir so‘z bilan aytganda, qaror yaqin istiqbolda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim tadbirlar uchun huquqiy poydevor bo‘ladi, desak, xato bo‘lmaydi.

Navro‘z NABIYEV,
mayor.


Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qingh

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2023 йил барча мавзулар /  2023 yil barcha mavzular