Get Mystery Box with random crypto!

Asosiy qonunimizning 27-moddasi uchinchi qismida hech kim sud | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Asosiy qonunimizning 27-moddasi uchinchi qismida hech kim sud qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, erkinlikni cheklashga faqat sud qarori asosida yo‘l qo‘yilishi haqidagi qoida mustahkamlandi. Ayblanuvchiga o‘ziga qarshi ko‘rsatma bermaslik, ya’ni «sukut saqlash» huquqi esa birinchi marta alohida belgilandi.

Bugungi kunda xalq ovozi va fikrini keng jamoatchilikka, davlat idoralari e’tiboriga olib chiqayotgan eng ta’sirchan kuch, bu – ommaviy axborot vositalari, jurnalistlardir. Muhtaram Prezidentimiz ham o‘z chiqishlarida jurnalistlarni xalqning ovozi bo‘lishida doim qo‘llab-quvvatlaydilar. Yangi Konstitutsiya¬ning uchinchi bo‘lim o‘n beshinchi bobi aynan ommaviy axborot vositalariga bag‘ishlanadi. Unda ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligi, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari kafolatlangan.

Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi ham qayd etilgan. Ushbu norma jurnalistlarning erkin, turli ma’muriy bosimlardan qo‘rqmasdan faoliyat yuritishini ta’minlaydi. Yurtimizda axborot erkinligining yanada yuksalishiga, jamiyatda ochiqlik va oshkoralik, qonuniylik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi. Davlat va jamiyat o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashga, kuchli jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishga va so‘z erkinligini ta’minlashga erishiladi.

«Inson qadri uchun» tamoyili ayni damlarda yurtimizdagi har bir evrilish va islohotlarning bosh mezoniga aylanib ulgurdi. Yangi Konstitutsiyaning ikkinchi bo‘limidagi har bir modda ushbu tamoyilning har jihatdan to‘kisligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ayniqsa, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarishda, yoshlarimiz kelajagi uchun mustahkam zamin hozirlashda Asosiy qonunimiz ularga beqiyos imkoniyatlar ochib beradi. Zotan, Prezidentimiz aytganidek, «Insonning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerak».

Bir so‘z bilan aytganda, hayotimiz qomusi – yangi Konstitutsiyamiz barcha yutuq va marralari¬mizning mustahkam huquqiy asosi. Ko‘p ming sonli xalqimizning xohish-irodasi bilan yangilangan ushbu muhim hujjat, Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, Uchinchi Renessans uchun huquqiy poydevordir. Ana shu buyuk maqsadni amalga oshirishga munosib hissa qo‘shaman, degan har bir yurtdoshimiz, avvalo, ushbu poydevorga tayanib harakat qilishiga ishonchimiz komil. Demak, biz xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari dadil bormoqdamiz.

Gulnoza TURG‘UNBOYEVA.

Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qingh

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2023 йил барча мавзулар /  2023 yil barcha mavzular