Get Mystery Box with random crypto!

48-mavzu XALQ KONSTITUTSIYASI BILAN XALQCHIL DAVLAT SARI Ta | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

48-mavzu

XALQ KONSTITUTSIYASI BILAN XALQCHIL DAVLAT SARI

Taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ygan O‘zbekistonda keyingi davrda Yurtboshimizning tashabbusi bilan keng ko‘lamli islohotlar olib borilyapti. Mazkur islohotlardan ko‘zlangan maqsadga to‘laqonli erishish, o‘z navbatida, Asosiy qonunimizni yanada takomillashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Mamlakatimizning taraqqiyoti, xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos va ishonchli kafolat yaratish nuqtayi nazaridan Konstitutsiyaga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklifi ilgari surildi.

Konstitutsiya loyihasini tayyorlashda xalqimizning fikri, takliflarini inobatga olish ikki bosqichda amalga oshirildi. Xususan, birinchi bosqichda fuqarolardan Konstitutsiya loyihasini shakllantirishga qaratilgan 60 mingdan ziyod takliflar olindi. Ikkinchi bosqichda esa Konstitutsiya loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yildi. Aholi ommaviy axborot vositalari, internet tarmog‘i orqali loyiha bilan tanishdi va fuqarolar tomonidan bildirilgan 220 mingdan ortiq takliflar qabul qilinib, ularning har to‘rttasidan bittasi loyihadan joy olganligi yangilangan Konstitutsiya tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi, uning yagona manbayi ham, muallifi ham xalq ekanlinining yana bir isboti bo‘ldi. O‘zining buguni va ertasiga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimiz joriy yilning 30-aprelida bo‘lib o‘tgan muhim siyosiy tadbir – referendumda ishtirok etib, o‘z qarorini erkin ifoda qildi. «O‘zbekiston Respublikasi Kons¬titutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni shu sanada o‘tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berishi orqali qabul qilingan, deb hisoblandi.
Yangilangan Konstitutsiya yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyati¬mizni jipslashtirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi, loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari¬ga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq e’tirof etilishi va kafolatlanishi qayd etildi.

Yangi Konstitutsiyaning 20-moddasi beshinchi qismida «Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi» deyiladi. Bu qoidaning Bosh qomusimizga kiritilishi mamlakatimizda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari hamma narsadan ustun ekanligini yaqqol tasdiqlaydi. Ayniqsa, davlat va inson o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikdagi noaniq¬liklar turli tushunmovchiliklar, inson va fuqarolarning ortiqcha ovora¬garchiliklari oldi olinadi. Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarlicha asoslar mustahkamlanadi.

Yangi Konstitutsiyaning 23-moddasida O‘zbekis¬ton fuqarosi O‘zbekistondan tashqariga chiqarib yuborilmasligi yoki boshqa davlatlarga berilmasligi belgilangan. Bu esa fuqarolarimizning doimiy ravishda davlat himoyasida ekanligiga ishonchini mustahkamlashga, o‘z yurtidan chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi kabi holatlarning oldi olinishiga xizmat qiladi. Shuningdek, davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolishi hamda rivojlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishining belgilangani chet ellarda yashayotgan, ishlayotgan, ta’lim olayotgan vatandoshlarimizning O‘zbekiston bilan doimiy aloqada bo‘lishiga, tili, madaniyati, urf-odatlari va an’analarini saqlab qolish hamda rivojlantirishga, o‘zlarining tarixiy Vatani – O‘zbekistonning obro‘sini yanada oshirishga o‘z hissasini qo‘shishiga xizmat qiladi.