Get Mystery Box with random crypto!

lmasa yoki shunchaki biroz tobimiz qochib, holi qolishni istas | Malika_Khayrullayeva psiholog

lmasa yoki shunchaki biroz tobimiz qochib, holi qolishni istasak, siz ayollar ahvolimizni tushunmay, ranjib qolasizlar. Ammo biz buni atayin qilmaymiz. Bir sirni aytaymi, har qaysi erkak ayoli bilan xafalashib qolganda «Bekor uni xafa qilib, konglingizni olish payida bolamiz. Ehtimol buni payqamassiz. Ishdan toliqib kelsak, kayfiyatimiz bolmasa yoki shunchaki biroz tobimiz qochib, holi qolishni istasak, siz ayollar ahvolimizni tushunmay, ranjib qolasizlar. Ammo biz buni atayin qilmaymiz. Bir sirni aytaymi, har qaysi erkak ayoli bilan xafalashib qolganda «Bekor uni xafa qilib qoydim-a» deya konglidan otkazadi. Biroq sirtida bilintirmaydi. Shunday ekan deb, juda uzoq arazlab yurmang tagin.

«Azizam, senga sovga hozirlashim uchun bayramni yodimga solishing, hech bolmaganda shama qilishing kerak»

Yoq, bu shart emas. Qanday bayram yaqinlashayotgani, tavallud ayyomingiz va shunga oxshash boshqa quvonchli damlar doim yodimizda. Ammo bazida yugur-yugur, tashvishlar bilan bolib, biroz xayolimizdan kotariladi. Ehtimol tugilgan kuningizda ertalab xayol bilan bolib, tabriklashni unutarmiz. Ammo kun davomida yoki ishdan qaytgach, albatta shodligingizga sherik bolamiz. Bunday vaqtlarda birinchi qadamni tashlashga shoshilmay, ozroq kutsangiz bas.

«Choyxona, gap-gashtaklarda biz ham ayollarni giybat qilamiz»

Shaxsan mening davramda bunday bolmaydi. Dostlar bilan salom-alik vaqti oilalarimiz, onamiz, singil, rafiqa va farzandlarimizning salomatligi, hol-ahvoli haєida qisqagina soralishi mumkin. Ammo bu odob yuzasidan bajariladigan holat. Boshqa bu mavzuga qaytilmaydi. Erkaklarning suhbati rejalashtirgan ishlarimiz, muvaffaqiyatlar, erkaklar uchun kerak bolgan yaxshi narsalar haqida boladi. Ayollarni umuman aralashtirmaymiz.

«Biz erkaklar kocha-koyda xushbichim ayolni korib zavqlanamiz, ammo ayolimiz boshqalarga chiroyli korinishi mumkin emas!»

Bazi erkaklar ehtimol kocha-koyda oziga oro bergan ayollarga xushomad qilar. Shu bois ham bu mavzuda hamma erkaklar nomidan gapirolmayman. Men ozim tanigan ayol tanishlarimgagina havas bilan qarashim mumkin. Biroq bundan ortigi emas. Aytishadi-ku, inson hamisha gozallik tomon intiladi, deb. U xoh gozal ayol bolsin, xoh chiroyli hayot, muhimi, fikr togri bolishi kerak. Ayollarninng oziga oro berishi esa chegara doirasida bolgani maqul. Bu chegara har bir oilaning muhiti, tarbiyasidan kelib chiqib belgilanadi.

«Men onamning erkasiman!»

Bunday demasak-da, aslida shunday. Hamma erkaklar qaysidir manoda onajonlarining erkasi. U erkak qirq yoshga kiradimi, ellik yoki oltmishgami, volidasi uchun doim suyukli va ardoqli bolib qolaveradi. Mushtipar onajonlarimiz 80-90 yoshga etgan bolsalar ham ellikka kirgan og`illarini erkalab, suyadilar. Bu haqiqat! Biz erkaklar onajonlarimizning erkasimiz!