Get Mystery Box with random crypto!

ERKAK KIShI SIZGA HECh QAChON AYTMAYDIGAN 12 IBORA Erkaklarn | Malika_Khayrullayeva psiholog

ERKAK KIShI SIZGA HECh QAChON AYTMAYDIGAN 12 IBORA


Erkaklarning xayollari nimalar bilan band bolishi ayollar uchun qiziqarli mavzu. Hatto ozimizni qiziqtirgan ayrim savollarga erkaklar qanday javob berarkan deya turli taxminlarga boramiz. Quyida erkaklar rafiqalariga hech qachon aytmaydigan 12 ta gapni keltiramiz. Sahifamiz mehmoni esa erkaklar olamining vakili sifatida ularga izoh beradi. Biz bahonada javoblardan erkaklarning fikrlari va ruhiyatini organish imkoniga ega bolamiz. Qani, koraylik-chi, u quyidagi 12 iboraga qanday munosabat bildirar ekan.

Tanishing!

Dilmurod GULOMOV — «Ozbegim Taronasi» radiosi boshlovchisi, Oilali.

«Ayollarni qiziqtirgan savollarga oz fikringizni bildiring, deyishganida, rosti, hayajonlandim. Axir ayollar bilishni istagan savollar hoynahoy «global» mavzularda bolsa kerak...»

«Sevgilim, etiboringni qozonish uchun bazida yolgon sozlayman…»

Ha, shunday vaziyatlar ham bolib turadi. Ammo bu yolgonlar faqat yaxshilik uchun xizmat qilishini unutmang. Sevgan ayolimizning konglini ogritmaslik yoki yuzaga kelgan vaziyatni yaxshi tomonga ozgartirish uchun bazida yolgondan foydalanamiz. Ammo bu chin kongildan aytilgan yolgon emas. Agar erkak kishi sevmasdan turib, «Seni sevaman» deya jar solsa, bilingki, u sizni aldayapti. Mana bu haqiqiy yolgon. Hayotimizni yanada gozal va osoyishta qilish uchun ishlatadigan yolgonlarimizni esa kechirish mumkin.

«Yigitlarga aqlli єizlar yoqadi, ammo bundaylarga uylanish biroz chochitadi…»

Tan olaman, bunday yigitlar mutlaqo yoq, deyish notogri boladi. Lekin shaxsan mening fikrimcha, ayoling aqlli, dono va uddaburon bolsa, qaytanga yaxshi-ku! Ammo hozirgi yigitlar tashqi korinishi ham, odobi va zehni ham gozal qizlarni tanlayapti.

«Menga xushomad qilsang moyday yoqib tushadi!»

Erkaklar olamining vakili sifatida ayta olamanki, ayol kishi hadeb xushomad qilaverishi har doim ham yoqavermaydi. Bu gashimizga tegishi mumkin. Shu bois nima istayotganingizni ortiqcha mugombirliklarsiz tushuntirishga harakat qiling. Vaziyatga qarab, istagingizni togri tushuntirsangiz, iltimosingizni erda qoldirmaymiz. Agar bolar-bolmasga xushomad qilaversangiz, bachkana korinishingiz mumkin. Aytishadi-ku, asalning ham ozi shirin deb...

«Senga hazil qilishga qorqaman»

Erkak kishi ayoliga bunday demaydi. Aytgan taqdirda ham bu qorquv rafiqasini ayashi manosida ifodalangan boladi. Masalan, aksariyat erkaklar ayniqsa farzandli bolgach, rafiqasi bilan oylab hazil qiladi. Sababi siz ayollar farzand tarbiyasini elkangizga ortib, ozingiz bilmagan holda yanada jiddiylashib qolasiz. Bu vaqtda siz bilan hazillashib bolarmidi! Vaziyatga qarab, kayfiyatingizni kotarish uchun oz-moz hazillashib tursak, tushunasiz deb oylaymiz. Axir sevgan ayolimizga qaltis hazil qilishga botinolmaymiz...

«Hamma erkaklar xiyonat qiladi…»

Men bu iborani rostdan ham hech qachon tilga olmayman. Chunki bunday deb oylamayman, hamma erkak ham xiyonatkor emas! Togri, besh qol barobarmas. Ammo bitta xiyonatkorni korib, «Hammasi shunday» deb xulosa chiqarishga shoshilmang. Avvalo ozingiz erkakning xiyonat qilishiga yol bermang. Bolar-bolmasga shubhanalavermang. Erkaklarga ishonch bildirib, maslakdosh bolsangiz, hech qachon oilasiga xiyonat qilmaydi. Shaxsan men oila qurildimi, demak xiyonatga yol yoq deb hisoblayman. Oldinga tashlangan har qanday qadam faqat oila tomonga boladi. Chunki oila muqaddas!

«Oilamni qadrlayman, ayolimni sevaman, ammo buni hadeb oshkor etavermayman...»

Ikki toifadagi erkaklar bor: birlari his-tuygularini bildirishni istamaydiganlar bolsa, ikkinchisi ayoli bilan ozaro muhabbat va dostlik munosabatlarini qadrlaydiganlar. Boshqalarni bilmadim-u, shaxsan men ayolimga muhabbatimni oshkor etib turishni yaxshi koraman. Oilada iliq munosabatlar bolishi uchun his-tuygularimizni bildirib turishimiz lozim. Ayollar ham oz navbatida muomalamizga yarasha munosabat bildirishsa, er-xotin inoqligi bardavom boladi.

«Xafalashib qolsak, birinchi qadamni tashlashni, uzr sorashni xohlayman, ammo...»