Get Mystery Box with random crypto!

Linguabarno

Telegram kanalining logotibi linguabarno — Linguabarno L
Telegram kanalining logotibi linguabarno — Linguabarno
Kanal manzili: @linguabarno
Toifalar: Bloglar , Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50.71K
Kanalning ta’rifi

INGLIZ TILI OSON!
🎓 Cambridge universiteti tomonidan berilgan CELTA sertifikatiga ega xalqaro o’qituvchi
🚀 7 yillik tajriba, IELTS 8.0
📍Online kurslar @linguabarno_support
✅ Reklama @sardor_ads

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 132

2021-12-17 20:44:40 https://forms.gle/RpTKpTUAWkdZxSox6
7.9K views17:44
Ochish/sharhlash
2021-12-17 20:38:59 Savollar
Kursda o’qish uchun ingliz tili darajasi qanday bo’lishi kerak?

Bu IELTS tayyorlov kursi. Kursda sizga imtihonga qanday tayyorlanish kerakligi, texnikalari o’rgatiladi. Ingliz tili o’rgatilmaydi. Shuning uchun darajangiz kamida pre-intermediate bo’lishi kerak. Darslar ingliz va o’zbek tillarida aralash o’tiladi.


Men Samarqanddanman. Bu darslarga qanday qilib qatnashsam bo’ladi?

Bu online kurs. Siz istagan manzildan qatnasha olasiz. Uyda o’tirgan holda bemalol imtihonga tayyorlana olasiz. Qaysi shaharda bo’lishingizdan qat’iy nazar.


Kurs narxlari haqida.

Kurs tariflarga bo’lingan. Har bir tarif narxi ham turlicha. Siz o’zingizga qulayini tanlab o’qiy olasiz. Narxlar 330 000 so’mdan boshlanadi.


Kurs qachondan boshlanadi?

Joylar chegaralangan. 25-dekabr kuni online vebinar bo’lib o’tadi, so’ng kursga sotuv boshlanadi. Darslar 5 yanvardan boshlanadi. Vebinarga oldindan yozilsangiz, kursda birinchi bo’lib joy egallashingiz mumkin bo’ladi. Oldindan yozilish uchun havolani qoldiraymi?
8.3K viewsedited  17:38
Ochish/sharhlash
2021-12-17 20:29:27 Kurs qiziq bo’lmasa, izoh qoldirib boshqalar bilan bahslashish shart emas!
Har bir negativ yozgan insonni bloklayman.
Bu kursni faqat istaganlar o’qishadi!
8.1K viewsedited  17:29
Ochish/sharhlash
2021-12-17 20:16:05 Linguabarno pinned a video
17:16
Ochish/sharhlash
2021-12-17 20:16:01 Online IELTS kursim haqida!

Darslar oldindan yozilib alohida platformaga joylangan. Siz o’zingizga qulay vaqtda ko’rishingiz mumkin.

Agar biror narsani unutsangiz darslarni qayta qayta ko’rsangiz bo’ladi.

Online kurs bo’lishiga qaramasdan sizlarga kuratorlar biriktiriladi. Har bir uyga berilgan vazifangiz tekshiriladi.

Asosiy e’tibor “Speaking clubga qaratilgan”. O’quvchilar kichik kichik guruhlarga bo’linishib alohida yopiq gruppalarga biriktiriladi. Speaking vaqti 3 soat HAR KUNI. Siz har kuni har xil mavzular doirasida curator va do’stlaringiz bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Kurs so’ngigacha siz kamida 80 ta mavzu doirasida erkin suhbat qura qolishingiz ta’minlanadi.

Har bir darsga alohida checklist (konspekt) tayyorlangan. Videoni qayta ko’rgingiz kelmasa, konspekt qo’l ostingizda bo’ladi. Checklistlar 2 tilda: ingliz va o’zbek tillarida.

Kurs faqatgina IELTS olish uchun tayyorlanayotganlarga emas, balki hozirgi natijasini yangilamoqchi bo’lganlarga ham to’g’ri keladi. O’zim shug’ullangan 8 soatlik reja bo’yicha o’quvchilarga materiallar tayyorlangan va ular har kuni alohida kanalga joylab boriladi. Bu rejadan foydalanib, siz kuniga 8 soat ingliz tili bilan mashg’ul bo’lasiz!

Yana bir yangilik! Endi kursga GRAMMATIKAdan ham darslar qo’shildi. Ya’ni speaking modulida siz aniq gap tuzishda gap bo’laklarini qay tartibda joylashtirish, writing modulida esa isnshoning har bir qismini qanday gaplar bilan yozish kerakligi haqida o’rganishingiz mumkin.

Barcha o’quvchilar imtihon oldi qo’rquvni sezadilar yoki maqsad qo’yishda qiynaladilar. Shuning uchun ham kursga motivatsiya va psixologiya modullari qo’shilgan. Psixologiya modulini psixolog Umida olib boradilar.

24 soat menedjer bilan aloqada bo’lsiz va har qanday sizda tug’ilgan savollaringizga javob berishadi.

Ishonamanki. 3 oylik kurs sizga har tomonlama rivojlanishingizga katta yordam beradi va IELTS dan yuqori natijalarga erishasiz.
9.7K views17:16
Ochish/sharhlash
2021-12-17 20:14:56
9.2K views17:14
Ochish/sharhlash
2021-12-16 17:31:27 Qo’pollik qilib, yomon izoh qoldiradiganlarni bloklayman. qiziq bo’lmasa, yo’qni bosing. izoh qoldirish shart emas!
15.5K viewsedited  14:31
Ochish/sharhlash
2021-12-16 17:28:24
IELTS kursim haqida so’rayotgan edingiz! Gapirib beraymi?
Anonymous Poll
94%
Ha
6%
yo’q(
8.1K voters15.3K views14:28
Ochish/sharhlash
2021-12-16 16:58:52 "To run out of something" - "qolmadi, tugab qoldi"

We have run out of mlik.
(Bizda sut qolmadi)

We have run out of egg.
(Bizda tuxum qolmadi)

Ibora so'zma-so'z tarjima qilinmaydi.

"Nimadandir qochish" degan ma'no anglatmaydi.

Nafaqat narsalarga, balki vaqtga nisbatan ham ishlatsa bo'ladi:

Sorry, I have to go. I have run out of time.
(Kechirasiz, ketishim kerak. Vaqtim qolmadi)
Put your pens down. You have run out of time.
(Ruckalaringizni qo'ying. Vaqtingiz tugadi (qolmadi))

Pulga nisbatan ham ishlatiladi:

Sorry, I have run out of time.
(Kechirasiz, pulim qolmadi)

Izohlarga uyingizda nima qolmaganini namuna sifatida yozib qoldiring

@linguabarno
15.8K viewsedited  13:58
Ochish/sharhlash
2021-12-16 16:58:15
https://www.instagram.com/tv/CXi53b0FVmd/?utm_medium=copy_link
14.7K views13:58
Ochish/sharhlash