Get Mystery Box with random crypto!

Online IELTS kursim haqida! Darslar oldindan yozilib alohid | Linguabarno

Online IELTS kursim haqida!

Darslar oldindan yozilib alohida platformaga joylangan. Siz o’zingizga qulay vaqtda ko’rishingiz mumkin.

Agar biror narsani unutsangiz darslarni qayta qayta ko’rsangiz bo’ladi.

Online kurs bo’lishiga qaramasdan sizlarga kuratorlar biriktiriladi. Har bir uyga berilgan vazifangiz tekshiriladi.

Asosiy e’tibor “Speaking clubga qaratilgan”. O’quvchilar kichik kichik guruhlarga bo’linishib alohida yopiq gruppalarga biriktiriladi. Speaking vaqti 3 soat HAR KUNI. Siz har kuni har xil mavzular doirasida curator va do’stlaringiz bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Kurs so’ngigacha siz kamida 80 ta mavzu doirasida erkin suhbat qura qolishingiz ta’minlanadi.

Har bir darsga alohida checklist (konspekt) tayyorlangan. Videoni qayta ko’rgingiz kelmasa, konspekt qo’l ostingizda bo’ladi. Checklistlar 2 tilda: ingliz va o’zbek tillarida.

Kurs faqatgina IELTS olish uchun tayyorlanayotganlarga emas, balki hozirgi natijasini yangilamoqchi bo’lganlarga ham to’g’ri keladi. O’zim shug’ullangan 8 soatlik reja bo’yicha o’quvchilarga materiallar tayyorlangan va ular har kuni alohida kanalga joylab boriladi. Bu rejadan foydalanib, siz kuniga 8 soat ingliz tili bilan mashg’ul bo’lasiz!

Yana bir yangilik! Endi kursga GRAMMATIKAdan ham darslar qo’shildi. Ya’ni speaking modulida siz aniq gap tuzishda gap bo’laklarini qay tartibda joylashtirish, writing modulida esa isnshoning har bir qismini qanday gaplar bilan yozish kerakligi haqida o’rganishingiz mumkin.

Barcha o’quvchilar imtihon oldi qo’rquvni sezadilar yoki maqsad qo’yishda qiynaladilar. Shuning uchun ham kursga motivatsiya va psixologiya modullari qo’shilgan. Psixologiya modulini psixolog Umida olib boradilar.

24 soat menedjer bilan aloqada bo’lsiz va har qanday sizda tug’ilgan savollaringizga javob berishadi.

Ishonamanki. 3 oylik kurs sizga har tomonlama rivojlanishingizga katta yordam beradi va IELTS dan yuqori natijalarga erishasiz.