Get Mystery Box with random crypto!

2018

Telegram kanalining logotibi kvfdjkobv — 2018 2
Telegram kanalining logotibi kvfdjkobv — 2018
Kanal manzili: @kvfdjkobv
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2020-11-18 17:50:45 Senga sovg‘a qilgan eng katta sovg‘am mensizlik! Balki hozir baxtli yoki baxtsizdirsan, Men bilan judayam baxtsiz bo‘larding...

S. Davlatov
"Chemadan"


@sh_najot
1.0K viewsedited  14:50
Ochish/sharhlash
2020-11-16 01:43:00 Iqror

Men, haqiqat-
Ikki tomon, ikki yo‘l.
Ne qilay rostgo‘ylik ruhimga sig‘maydi.
Sen yolg‘on eshitib qariding ona,
Men sarob qo‘ynida o‘sdim, ulg‘aydim.

Bir yolg‘on kuylarni rost deb kuyladim,
Bir yolg‘on she'rlarni taqdirga bitdim.
Ona men janubni yo‘qotib qo‘yib,
Xudosiz, ichimda adashib ketdim.

Shamoldek to‘zitdim bir qiz hayotin,
Gunoxga bulg‘adim qadamlarini.
Yuvuqsiz kunlarim qariga tortdim,
Dunyoning eng yaxshi odamlarini.

Xatolar ko‘ksimni yorib otildi,
Poyingga quladi do‘zahiy tanam.
Eng so‘ngi manzilim, najotim o‘zing,
Sen menga xudoni topib ber ona
...

16.11.2020
673 viewsedited  22:43
Ochish/sharhlash
2020-09-24 18:16:45 #Suhbatdan

- Ketish qiyinmi qolish?
- Olib qolish!


@sh_najot
670 views15:16
Ochish/sharhlash
2020-09-24 18:12:58
Bitta yaxshi va bitta yomondan, yo ikkita yaxshi yoki ikkita yomon chiqadi.... Men yomon bo‘lishdan charchadim...

S. Davlatov "chemadan"

@sh_najot
1.3K viewsedited  15:12
Ochish/sharhlash
2020-07-22 05:26:51
Buni so‘zga sig‘dirish qiyin... Ko‘rish va tarki dunyo qilish kerak...

Ulashgan do‘stimga rahmat.

@sh_najot
1.0K viewsedited  02:26
Ochish/sharhlash
2020-06-11 19:24:01 Sen yashashdan to‘xtasang, men yashay boshlayman...

Sen kulishdan toxtasang men kula boshlayman....

Sen yig‘lashdan... Yo‘q sen yig‘lamaysan.

Sen kutishni bilmaysan, bilganingda kutmagan bo‘larding...

Sen g‘alatisan, sen hudbinsan sen shundayligingcha sensan...

Sen yolg‘onchisan, yolg‘onlaring yolg‘on bo‘lib chiqishidan baxtliman...


Sen...

Endi seni to‘ldirolmayman...
1.2K views16:24
Ochish/sharhlash
2020-06-08 12:36:26 Boshqalarni tushinish uchun, o‘zingni o‘ylashni bas qil!

Chexov
2.2K views09:36
Ochish/sharhlash
2020-06-08 09:25:23 #Suhbatdan

- Gaplashib olishimiz kerak!
- Nega?
- Boshqa gaplashmasligimiz uchun...

@sh_najot
671 views06:25
Ochish/sharhlash
2020-05-29 23:02:24 #Suhbatdan

- Ketish qiyinmi qolish?
- Olib qolish!


@sh_najot
1.5K viewsedited  20:02
Ochish/sharhlash
2020-05-29 20:37:56 Mahin...

Bu ism hayotimni bir bo‘lagiga aylanishini, yana bir singlim bo‘lishini o‘sha shahrisabzdagi tadbirda o‘ylab ham ko‘rmagandim.

Biz qachon aka singil bo‘lishga ulgurdik o‘zi? Bilmayman balki yaxshi aka emasdirman. Lekin Azi va seni o‘z singillarimdek ko‘raman.

Aka singlisiga qanday tabrik yozishi kerak o‘zi? Kayfiyatt odamiga qanday kayfiyat ulashish yoki baxtni o‘zi yarata oladigan qizga qnday baxt tilay?

Esingdami Xivadagi avtobusni kutganimiz? Esingdami o‘shandagi suhbat? Nimalarni gaplashgandik o‘zi o‘shanda? To‘g‘risi eslolmadim lekin o‘sha kun yodimdan chiqmaydi.

Tabrik yozish juda qiyin ahir odam yana bir yilini yo‘qotsa uni tabriklash to‘g‘rimi?.. Lekin ishonamanki sen bir yil yo‘qotmading topding!


O‘z dunyoying uchun yasha va uni hech kimga berma!.
4.3K viewsedited  17:37
Ochish/sharhlash