Get Mystery Box with random crypto!

Iqror Men, haqiqat- Ikki tomon, ikki yo‘l. Ne qilay rostg | 2018

Iqror

Men, haqiqat-
Ikki tomon, ikki yo‘l.
Ne qilay rostgo‘ylik ruhimga sig‘maydi.
Sen yolg‘on eshitib qariding ona,
Men sarob qo‘ynida o‘sdim, ulg‘aydim.

Bir yolg‘on kuylarni rost deb kuyladim,
Bir yolg‘on she'rlarni taqdirga bitdim.
Ona men janubni yo‘qotib qo‘yib,
Xudosiz, ichimda adashib ketdim.

Shamoldek to‘zitdim bir qiz hayotin,
Gunoxga bulg‘adim qadamlarini.
Yuvuqsiz kunlarim qariga tortdim,
Dunyoning eng yaxshi odamlarini.

Xatolar ko‘ksimni yorib otildi,
Poyingga quladi do‘zahiy tanam.
Eng so‘ngi manzilim, najotim o‘zing,
Sen menga xudoni topib ber ona
...

16.11.2020