Get Mystery Box with random crypto!

​​Windows 10+ Kecha kompyuterimga bir ikki kun oldin kelgan y | Kuzatuvchi blogi👀

​​Windows 10+

Kecha kompyuterimga bir ikki kun oldin kelgan yangilanishni oʻrnatdim. Bir nechta yangicha funksiya va ko'rinishlar qoʻshilgan ekan. Bundan bir haftalar oldin internet tarmoqlarida Windows 11 chiqarilishi va u bepul boʻlishi haqida xabarlar (va hattoki video obzorlar) paydo boʻlgan edi. Kechagi yangilanishda ham aynan Windows 11 dagi bir nechta funksiyalar paydo boʻlgan. Masalan, interfeysni dark mode (qora fon) ga oʻtkazish, bildirishnomalar panelidagi xabarlarni sichqoncha bilan shunchaki surib yuborib yoʻqotish, smartfon bilan bogʻlanish va boshqa koʻrinishdagi oʻzgarishlarni aytsa boʻladi.

Link to Windows

Android qurilma egalari agar eʼtibor bergan boʻlsalar, bildirishnomalar panelidagi menyular (internet, wifi, fonarik ikonlari) ichida Link to Windows ikonkasi ham borligini payqagan boʻlishi kerak. Kechagi testimda shu funksiyani sinab koʻrdim. Kompyuterdan turib bemalol telefondagi xabarlarni, rasmlarni, bildirishnomalarni, sozlamalarni koʻrish mumkin ekan. Eng qizigʻi, kompyuterdan biror matnni nusxalasangiz (Ctrl+C) telefonda joylash mumkin ekan (Ctrl+V)
Shu joyiga mazza qildim lekin, chunki ancha oldin bir kishi Mac OS bilan iPhoneni bog'laganda shunaqa funksiya borligini aytgan edi. Mana endi shu narsa Windows va Androidda ham bor)

@kuzatuvchi_blogi