Get Mystery Box with random crypto!

Xorazm | Kun.uz

Telegram kanalining logotibi kunuzxorazm — Xorazm | Kun.uz X
Telegram kanalining logotibi kunuzxorazm — Xorazm | Kun.uz
Kanal manzili: @kunuzxorazm
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.90K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning Xorazm viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.
Reklama: 998 78 113 10 10
Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Murojaat uchun 👉 @KunuzXorazmBot

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2022-08-21 08:00:58
Oʻzbekistonda yuz nafar ishbilarmon «Faol tadbirkor» koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Ularning orasida xorazmliklar ham bor:

Aqmuratov Erkinboy Yuldashevich – “Yangi Bozor textile agro cluster” MCHJ rahbari
Aminov Davlatboy Xajiyevich – “Red star oxus” MCHJ rahbari
Zokirov Abbosbek Shavkatbek oʻgʻli – “Xorazm shisha idishlari” MCHJ rahbari
Masharipova Manzura Karimovna – “Gurlan eksport” MCHJ rahbari
Osmanov Eldor Abdulxakovich – “Gurlan global teks” MCHJ rahbari
Yuldoshev Usmonbek Umarbek oʻgʻli – “Glass Pro” MCHJ rahbari

«Shuhrat» medali bilan

Iskandarov Yoʻldosh Otayevich – Xiva tumanidagi «Yoʻldosh Majid» fermer xoʻjaligi boshligʻi.

Xorazm xabarlari
8.8K views05:00
Ochish/sharhlash
2022-08-20 17:01:15
Islomxo‘janing o‘ldirilishi. Xiva xonligida sodir etilgan va ochilmagan jinoyat tafsilotlari

Qariyb 110 yil oldin Xiva xonligining bosh vaziri Said Islomxo‘ja o‘ldirildi. Ammo davlatning eng nufuzli amaldoriga qarshi uyushtirilgan suiqasd tergovi juda sust olib borildi. Qotillar topilmadi va jinoyat rasman ochilmaganicha qolmoqda. Ushbu maqolada voqealar rivojini tiklashga, Xiva saroyining yashirin burchaklariga nazar solishga, qotillik tashkilotchilari, ijrochilari haqidagi ma’lumotlarni jamlashga urinib ko‘ramiz.

Batafsil

-------

Исломхўжанинг ўлдирилиши. Хива хонлигида содир этилган ва очилмаган жиноят тафсилотлари

Қарийб 110 йил олдин Хива хонлигининг бош вазири Саид Исломхўжа ўлдирилди. Аммо давлатнинг энг нуфузли амалдорига қарши уюштирилган суиқасд тергови жуда суст олиб борилди. Қотиллар топилмади ва жиноят расман очилмаганича қолмоқда. Ушбу мақолада воқеалар ривожини тиклашга, Хива саройининг яширин бурчакларига назар солишга, қотиллик ташкилотчилари, ижрочилари ҳақидаги маълумотларни жамлашга уриниб кўрамиз.

Батафсил

Xorazm xabarlari
8.5K views14:01
Ochish/sharhlash
2022-08-20 15:41:40
#Anons

Prezidentning Umra ziyoratiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etiladi

Bugun Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga tashrifi hamda Umra ziyoratiga bag‘ishlangan hujjatli filmni tomosha qilishingiz mumkin. Hujjatli film soat 19:35da «Milliy» telekanalida namoyish etiladi.

Xorazm xabarlari
9.1K views12:41
Ochish/sharhlash
2022-08-19 08:00:39
«Isuzu» avtobusi gaz balloni yorilishi oqibatida 6 kishi halok boʻldi

18-avgust kuni Sirdaryo viloyati Oq-oltin tumani hududida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish shohobchasida Xorazm viloyati, Bogʻot tumanidagi avtomaktabga tegishli boʻlgan «Isuzu» rusumli avtobusning gaz balloni yorilgan. Oqibatda, 6 kishi voqea joyida vafot etgan va 15 kishi tan jarohati olgan.

Holat yuzasidan FVB, IIV, va prokuratura tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari oʻtkazilmoqda.

----------------------------------

«Исузу» автобуси газ баллони ёрилиши оқибатида 6 киши ҳалок бўлди

18 август куни Сирдарё вилояти Оқ-олтин тумани ҳудудида жойлашган автомобилларга газ тўлдириш шоҳобчасида Хоразм вилояти, Боғот туманидаги автомактабга тегишли бўлган «Исузу» русумли автобуснинг газ баллони ёрилган. Оқибатда, 6 киши воқеа жойида вафот этган ва 15 киши тан жароҳати олган.

Ҳолат юзасидан ФВБ, ИИВ, ва прокуратура томонидан терговолди суриштирув ишлари ўтказилмоқда.

Xorazm xabarlari
10.2K views05:00
Ochish/sharhlash
2022-08-15 11:00:00
Xorazmda 2023-yil hosili uchun 44,5 ming gektar maydonda boshoqli don ekinlari ekiladi

▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬

Хоразмда 2023 йил ҳосили учун 44,5 минг гектар майдонда бошоқли дон экинлари экилади

Xorazm xabarlari
12.6K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-08-12 08:14:21
Pay Way to‘lov tashkiloti: Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazish imkoniyati

Pay Way pul o‘tkazish xizmati xalqaro pul o‘tkazmalari amaliyotini yo‘lga qo‘ydi. Endi Rossiya kartalaridan O‘zbekistondagi bank kartalariga pul o‘tkazish yanada osonlashdi.

https://kun.uz/uz/63643526

Manzil: Toshkent shahri, Maxtumquli ko‘chasi, 136 uy.

Telefon: +998952000103

E-mail: info@1pay.uz

Veb-sayt | Facebook | Instagram |Telegram

Reklama
14.9K views05:14
Ochish/sharhlash
2022-08-09 12:23:42
Xorazmlik shaxmatchi Olimpiada chempioni boʻldi

Hindistonning Chennai shahrida Shaxmat Olimpiadasi yakunlandi. Unda Oʻzbekiston milliy jamoasi oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Shaxmatchilarimiz Armaniston va Hindistondan oʻzib ketib, birinchi oʻrinni egallashdi.

Milliy jamoa sharafini xorazmlik xalqaro grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev ham munosib tarzda himoya qildi.

Xorazm xabarlari
19.2K views09:23
Ochish/sharhlash
2022-08-08 11:01:30
Urganch shahrida test oʻtkaziladigan joylar

1-sektor
“Xorazm” sport majmuasi (Futbol akademiyasi qoshidagi o‘yingoh)
Manzil: Urganch shahri Baynalminal ko‘chasi 18-uy
Guruhlar: 1-34
Geolokatsiya

2-sektor
“Xorazm” sport majmuasi (Futbol akademiyasi qoshidagi o‘yingoh) qo‘shimcha o‘yingohi
Manzil: Urganch shahri Baynalminal ko‘chasi 18-uy
Guruhlar: 35-68
Geolokatsiya

3-sektor
“Yoshlik” sport majmuasi (“Yoshlik” sport majmuasi o‘yingohi)
Manzil: Urganch shahri Yoshlik ko‘chasi
Guruhlar: 69-100
Geolokatsiya

Xorazm xabarlari
15.0K views08:01
Ochish/sharhlash
2022-08-08 10:30:43
Urganch shahrida bir qancha yoʻllar vaqtinchalik yopiladi

Test sinovlari paytida jamoat tartibini saqlash va yoʻl-harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida, 7-avgustdan 30-avgustga qadar Urganch shahrining quyidagi koʻchalarida transport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi:

«Xorazm» sport-majmuasi oldidagi Pahlavon Mahmud koʻchasi va Baynalminalchi koʻchasi kesishgan chorrahadan «Vatanparvar» tashkiloti oldigacha;

«Yoshlik» sport-majmuasi oldidagi Yoshlik va Termiz koʻchasi kesishgan chorrahadan Urganch xizmat koʻrsatish va servis texnikumi oldigacha;

Yoshlik va Termiz koʻchasi kesishgan chorrahadan 29-son umumtaʼlim oʻrta maktabi oldigacha.

Shu bilan birga soat 6:00 – 11:00 va 18:00 – 23:00 oraligʻida Gurlan va Baynalminalchi koʻchalari kesishgan chorrahadan Fayozov va Baynalminalchi koʻchalari kesishgan chorrahaga boʻlgan yoʻl yopiladi.

Xorazm xabarlari
9.8K views07:30
Ochish/sharhlash
2021-12-13 19:04:10
Yangibozor tumanida ma'lum voqealardan keyingi holat

Xorazm xabarlari
4.8K views16:04
Ochish/sharhlash