Get Mystery Box with random crypto!

Xorazm | Kun.uz

Telegram kanalining logotibi kunuzxorazm — Xorazm | Kun.uz X
Telegram kanalining logotibi kunuzxorazm — Xorazm | Kun.uz
Kanal manzili: @kunuzxorazm
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.90K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning Xorazm viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.
Reklama: 998 78 113 10 10
Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Murojaat uchun 👉 @KunuzXorazmBot

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2022-10-29 09:41:32
Turkmanistondan Oʻzbekistonga yomgʻirli nam havo oqimi kirib kelmoqda. 30-oktabr kuni hududlarda koʻp miqdorda yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqda.

--------------------

Туркманистондан Ўзбекистонга ёмғирли нам ҳаво оқими кириб келмоқда. 30 октябрь куни ҳудудларда кўп миқдорда ёғингарчилик бўлиши кутилмоқда.

Xorazm xabarlari
8.0K viewsedited  06:41
Ochish/sharhlash
2022-10-28 17:01:27
Samarqand viloyati davlatga paxta topshirish rejasini bajardi

Xorazm viloyati hozircha 10-oʻrinda

--------------------

Самарқанд вилояти давлатга пахта топшириш режасини бажарди

Хоразм вилояти ҳозирча 10-ўринда

Xorazm xabarlari
7.0K views14:01
Ochish/sharhlash
2022-10-28 13:31:04
Hafta davomida yuz bergan avariyalar haqida maʼlumot berildi

20-27-oktabr kunlari Xorazm viloyatida 46 ta jinoyat qayd etilgan. Ularning 4 tasi transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish bilan bogʻliq.

Bogʻot tumani, Sohibkor mahallasida yashovchi 1976-yilda tugʻilgan shaxs «Lasetti» avtomashinasini «Bogʻot-Hazorasp» yoʻlining 39 kilometrida boshqarib borayotib, yoʻlni kesib oʻtayotgan 1999-yilda tugʻilgan qizni urib yuborgan. Oqibatda u tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Urganch tumanida yashovchi, 1982-yilda tugʻilgan shaxs «Neksiya» avtomashinasini boshqarib borayotib, shu tumanning Mustaqillik koʻchasida yoʻlni belgilanmagan joyda kesib oʻtayotgan 2010-yilda tugʻilgan qizni urib yuborgan. Oqibatda u tan jrohati bilan ifoxonaga yotqizilgan.

Urganch tumanida yashovchi, 1995-yilda tugʻilgan shaxs «Damas» avtomashinasida Urganch shahri, Tinchlik koʻchasida yoʻlni kesib oʻtayotgan 1963-yilda tugʻilgan ayolni urib yuborgan. Oqibatda u tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorazm xabarlari
6.5K views10:31
Ochish/sharhlash
2022-10-27 13:01:03
Xorazmda oilalar tarkibi haqida maʼlumot berildi

2022-yilning yanvar-sentyabr holatiga koʻra, Xorazm viloyatida 16 yoshgacha boʻlgan bolalari bor oilalarning ulushi 79,1 foizni tashkil etadi.

Shundan:
- bir bolalilar -26,8 %;
- ikki bolalilar -28,1 %;
- uch bolalilar -15,6 %;
- toʻrt va undan koʻp bolalilar -8,6 %.

20,9 foiz oilalarda 16 yoshgacha boʻlgan bolalar yoʻq.

--------------------

Хоразмда оилалар таркиби ҳақида маълумот берилди

2022 йилнинг январь-сентябрь ҳолатига кўра, Хоразм вилоятида 16 ёшгача бўлган болалари бор оилаларнинг улуши 79,1 фоизни ташкил этади.

Шундан:
- бир болалилар -26,8 %;
- икки болалилар -28,1 %;
- уч болалилар -15,6 %;
- тўрт ва ундан кўп болалилар -8,6 %.

20,9 фоиз оилаларда 16 ёшгача бўлган болалар йўқ.

Xorazm xabarlari
6.6K views10:01
Ochish/sharhlash
2022-10-26 14:45:22
Xorazmda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi oʻtkaziladi

1–3-noyabr kunlari Oʻzbekistonda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi boʻlib oʻtadi.

Haftalik doirasida ziyorat turizmini rivojlantirish, mavzuga oid suvenirlarni targʻib etishga qaratilgan koʻrgazmalar, seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.

Haftalik dasturidan «Xiva – Islom olami turizmi poytaxti» mavzusiga bagʻishlangan xalqaro hunarmandchilik koʻrgazmasi va boshqa tadbirlar oʻrin olgan.

-------------------

Хоразмда Халқаро зиёрат туризми ҳафталиги ўтказилади

1–3 ноябрь кунлари Ўзбекистонда Халқаро зиёрат туризми ҳафталиги бўлиб ўтади.

Ҳафталик доирасида зиёрат туризмини ривожлантириш, мавзуга оид сувенирларни тарғиб этишга қаратилган кўргазмалар, семинарлар, илмий-амалий конференциялар ва маданий-маърифий тадбирлар ўтказилади.

Ҳафталик дастуридан «Хива – Ислом олами туризми пойтахти» мавзусига бағишланган халқаро ҳунармандчилик кўргазмаси ва бошқа тадбирлар ўрин олган.

Xorazm xabarlari
6.8K views11:45
Ochish/sharhlash
2022-10-25 16:18:31
Urganch tumani hokimi oʻrinbosari 43 ming dollar pora bilan ushlandi

Xorazm viloyati, Urganch tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari oʻz xonadonida katta miqdorda pora olayotganida ushlandi.

https://kun.uz/uz/82412382

--------------

Урганч тумани ҳокими ўринбосари 43 минг доллар пора билан ушланди

Хоразм вилояти, Урганч тумани ҳокимининг қишлоқ ва сув хўжалиги масалалари бўйича ўринбосари ўз хонадонида катта миқдорда пора олаётганида ушланди.

https://kun.uz/82412382

Xorazm xabarlari
7.9K views13:18
Ochish/sharhlash
2022-10-25 10:35:34
Gurlan tumaniga yangi hokim tayinlandi

Umrbek Matkarimovich Jumaniyazov
— Gurlan tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Tayinlovga qadar u «Mikrokreditbank» ATB boshqaruvi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

2020 yil aprelidan buyon Gurlan tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Murodjon Achilov 2022 yil yozida Xorazm viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.

------————

Гурлан туманига янги ҳоким тайинланди

Умрбек Маткаримович Жуманиязов
— Гурлан тумани ҳокими лавозимига тасдиқланди.

Тайинловга қадар у «Микрокредитбанк» АТБ бошқаруви раиси ўринбосари вазифасида ишлаб келган.

2020 йил апрелидан буён Гурлан тумани ҳокими лавозимида ишлаб келган Муроджон Ачилов 2022 йил ёзида Хоразм вилояти ҳокимининг биринчи ўринбосари этиб тайинланганди.

Xorazm xabarlari
7.6K views07:35
Ochish/sharhlash
2022-10-16 09:52:03
«Xorazm» klubi «Andijon»ni yangilangan stadionda qabul qiladi

16-oktabr kuni Pro-Ligada navbatdagi tur oʻyinlari oʻtkaziladi.

«Xorazm» klubi oʻz maydonida «Andijon» bilan toʻqnash keladi. Bu oʻyin yangilangan «Xorazm» sport majmuasida (sobiq «Olimpiya» stadionida) oʻtkaziladi.

Ikkala jamoaning birinchi bosqichdagi Urganchda oʻtkazilgan bahsi «Xorazm» klubining 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan edi.

Pro-Liga turnir jadvalida «Andijon» klubi 47 ochko bilan birinchi, «Xorazm» klubi 34 ochko bilan toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi.

Oʻyin soat 16:00 da boshlanadi. Chiptalar stadion kassasida 10 ming soʻmdan sotuvga chiqadi.

Pro-Liga, 22-tur
16-oktabr
Urganch, «Xorazm» sport majmuasi
XORAZM ANDIJON
16:00

Xorazm xabarlari
16.1K views06:52
Ochish/sharhlash
2022-10-11 17:28:04
«Xorazm» sport majmuasi futbol oʻyinlarini qabul qilishga tayyor

Bu haqda PFL xabar berdi.

«14-iyun kuni PFL xodimlari tomonidan «Xorazm» sport majmuasida 8 ta holat boʻyicha kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiya berilgan edi. Ayni vaqtga kelib mazkur muammolarning barchasi toʻliq bartaraf etildi. Endi «Xorazm» futbol klubi uy oʻyinlarini mazkur arenada qabul qilishi mumkin», deyiladi xabarda.

«Xorazm» klubi oʻz maydonidagi navbatdagi oʻyinni 16-oktabr kuni «Andijon»ga qarshi oʻtkazadi.

Xorazm xabarlari
6.3K viewsedited  14:28
Ochish/sharhlash
2022-09-21 09:30:29
Urganch shahri, tumani va Qoʻshkoʻpirda tabiiy gaz taʼminoti toʻxtatiladi

22-sentabr kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha Urganch shahrining barcha mahallalariga, shuningdek, Urganch tumani va Qoʻshkoʻpir tumanining ayrim mahallalariga tabiiy gaz yetkazib berish toʻxtatiladi.

Buning sababi - «Urganch» kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va «Urganch» gaz taqsimlash stansiyasida taʼmirlash ishlarini oʻtkazish.

▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬

Урганч шаҳри, тумани ва Қўшкўпирда табиий газ таъминоти тўхтатилади

22 сентябрь куни соат 8.00 дан 20.00 гача Урганч шаҳрининг барча маҳаллаларига, шунингдек, Урганч тумани ва Қўшкўпир туманининг айрим маҳаллаларига табиий газ етказиб бериш тўхтатилади.

Бунинг сабаби - «Урганч» куз-қиш мавсумига тайёргарлик кўриш ва «Урганч» газ тақсимлаш станциясида таъмирлаш ишларини ўтказиш.

Хоразм хабарлари
9.4K views06:30
Ochish/sharhlash