Get Mystery Box with random crypto!

Surxondaryo | Kun.uz

Telegram kanalining logotibi kunuzsurxondaryo — Surxondaryo | Kun.uz S
Telegram kanalining logotibi kunuzsurxondaryo — Surxondaryo | Kun.uz
Kanal manzili: @kunuzsurxondaryo
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.77K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning Surxondaryo viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.
Reklama: 998 78 113 10 10
Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 186

2021-12-17 16:10:29
Jarqo‘rg‘onda Yer kodeksini buzgan maktab direktoriga jarima solindi

Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan Jarqoʻrgʻon tumani “Haytobod” mahallasida joylashgan 20-maktabda “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi qonuni talablarining buzilishi yuzasidan tekshirish oʻtkazilgan.

Tekshirishda maktab hududidan noqonuniy tarzda tuproq qazib olish ishlari amalga oshirilib, “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi qonunining 35-moddasi, “Yer kodeksi”ning 79-moddasi talablari buzilgani aniqlangan. Holat yuzasidan maktab direktori X.J. MJtKning 70-moddasi, 1-qismiga asosan, BHMning 30 barobari, 8 mln 100 ming soʻm miqdorida maʼmuriy jarima belgilangan.

Surxondaryo xabarlari
7.4K views13:10
Ochish/sharhlash
2021-12-17 14:30:55
18 oygacha muddatli to'lov www.alifshop.uz saytida barcha tovarlarga

15-dekabrdan 31-dekabrgacha xohlagan tovarni 18 oygacha muddatli to'lov asosida xarid qiling. Buyurtmani rasmiylashtirish uchun faqat pasport va plastik karta kerak

Eng mashhur rusumli smartfonlarni va boshqa maishiy texnikani O'zbekiston bo'ylab yetkazib beramiz

"Xarid qilish" tugmasini bosing va buyurtma qoldiring

Reklama
7.5K views11:30
Ochish/sharhlash
2021-12-17 12:12:43
Maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28 dekabrdan boshlanadi 

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28 dekabrdan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar bermoqda.

https://kun.uz/uz/68723687

Surxondaryo xabarlari
8.4K views09:12
Ochish/sharhlash
2021-12-17 09:03:10
18-dekabr kuni O‘zbekistonda havo harorati 18 darajagacha ko‘tariladi

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 18-dekabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

https://kun.uz/uz/70852219

Surxondaryo xabarlari
9.0K viewsedited  06:03
Ochish/sharhlash
2021-12-17 07:14:16
Tadbirkorlarga valuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi

Prezidentning “Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

https://kun.uz/uz/36565089

Surxondaryo xabarlari
9.3K views04:14
Ochish/sharhlash
2021-12-16 21:29:48
Denovda 10-sinf o‘quvchisi otasining mashinasi bilan 1-guruh nogironini urib yubordi. Fuqaro vafot etdi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida 10-sinf o‘quvchisi otasining mashinasi bilan 1-guruh nogironi bo‘lgan shaxsni urib yuborgan. Oqibatda u vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

https://kun.uz/uz/76181823

Surxondaryo xabarlari
3.5K views18:29
Ochish/sharhlash
2021-12-16 19:33:19
Denovdagi portlashdan keyin. Aholining zararini qoplash masalasi nima bo‘lmoqda?

Kun.uz’ga intervyu bergan fuqarolar portlashdan zarar ko‘rgan uylarini ta’mirlash ishlari mahalliy tadbirkorlar zimmasiga yuklatilganini aytmoqda. Tuman hokimligi esa hech kim bu ishga majburlanmagani, aksincha, odamlar boshiga tushgan musibatga befarq bo‘lmagan ayrim tadbirkorlar o‘zlari hokimlikka murojaat qilib, yordam taklif etishganini bildirdi.

https://kun.uz/uz/51753550

Videoni ko‘rish

Surxondaryo xabarlari
5.9K views16:33
Ochish/sharhlash
2021-12-16 18:07:53
#Kun_videodayjesti
16.12.2021

Prezidentning Koreyaga tashrifi, qotilga umrbod qamoq jazosi, to‘lov muddati bayramgacha cho‘zilgan kontrakt, Pokistonga muntazam aviaqatnovlar
— kunning eng muhim xabarlari 60 soniyada

@kunuzofficial
@kunuz
7.0K views15:07
Ochish/sharhlash
2021-12-16 17:08:36
O‘zbek baxshichilik san’ati UNESCO ro‘yxatiga kiritildi

Baxshichilik san’ati noyob tarixiy-madaniy meros bo‘lib, UNESCO ro‘yxatiga kiritishning barcha mezonlariga javob berishi tasdiqlandi.

https://kun.uz/uz/46897072

Surxondaryo xabarlari
7.8K views14:08
Ochish/sharhlash
2021-12-16 14:30:40
Surxondaryoda yaqin tanishi bo‘lgan ayolning fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib pul olgan yigit ushlandi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida yaqin munosabatda bo‘lib kelgan tanishining fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib 5 million so‘m pul olgan yigit ushlangan. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti xabar bermoqda.

https://kun.uz/uz/78936419

Surxondaryo xabarlari
8.3K views11:30
Ochish/sharhlash