Get Mystery Box with random crypto!

Jarqo‘rg‘onda Yer kodeksini buzgan maktab direktoriga jarima s | Surxondaryo | Kun.uz

Jarqo‘rg‘onda Yer kodeksini buzgan maktab direktoriga jarima solindi

Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan Jarqoʻrgʻon tumani “Haytobod” mahallasida joylashgan 20-maktabda “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi qonuni talablarining buzilishi yuzasidan tekshirish oʻtkazilgan.

Tekshirishda maktab hududidan noqonuniy tarzda tuproq qazib olish ishlari amalga oshirilib, “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi qonunining 35-moddasi, “Yer kodeksi”ning 79-moddasi talablari buzilgani aniqlangan. Holat yuzasidan maktab direktori X.J. MJtKning 70-moddasi, 1-qismiga asosan, BHMning 30 barobari, 8 mln 100 ming soʻm miqdorida maʼmuriy jarima belgilangan.

Surxondaryo xabarlari