Get Mystery Box with random crypto!

#yaxshilik_kuni #Navoiy_volontyorlar_maktabi Navoiy volonty | KREATIV Zakovat Klubi✅

#yaxshilik_kuni
#Navoiy_volontyorlar_maktabi

Navoiy volontyorlar maktabining haqiqiy volontyor qizlari bugungi kunni viloyatdoshlarimiz qalbida insonparvarlik ruhi ila muhrlashdi.

1/ Ma'naviy volontyorlik

O‘zbekistonning yangi shoirlarining mashhur she'rlaridan misralarni shahar bo‘ylab ilib chiqishdi. Maqsad ma'naviyatni targ‘ib qilish bo‘ldi. Ushbu loyiha "Qanot" ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

2/ Samimiy volontyorlik

Bozor rastalarida sotuvchilar bilan birgalikda ularning mahsulotlarini sotishdi. Bundan maqsad insonparvarlikni ulug‘lash bo‘ldi.

3/ Haqiqiy volontyorlik
Jajji bolajonlarga samimiy tilaklar va kulgular ila sharlar sovg‘a qilishdi. Bundan maqsad bolajonlar yuragida mehr uyg‘otish bo‘ldi.

Keling yuraklarda quvonch,
Ezgulikka ishonch uyg‘otaylik!

@volontyorlar_maktabi_navoiy