Get Mystery Box with random crypto!

MAHORAT MAYDONI Bo‘lajak boshlang‘ich sinf | KREATIV Zakovat Klubi✅

MAHORAT MAYDONI

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf
ustozlari uchun ajoyib tanlov!


Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida ular uchun g‘aroyib olam yaratamiz. Bunda sizning ishtiyoqingiz, shijoatingiz zarur. Ushbu tanlovda faol ishtirok eting va bir-biridan betakror, ajoyib sovg‘alar egasiga aylaning.

TANLOV YO‘NALISHLARI:
Audio ertak (video shaklida ertak hajmidan kelib chiqqan holda)
Audio she'r (video shaklida 1-20 minut)
Audio maqol (video shaklida 0,5-5-minut)
Audio tez aytish (video shaklida 0,5-5 minut)
Elektron insho (word shaklda 150 ta so‘z)
Elektron bayon (word shaklda 150 ta so‘z)

BAHOLASH MEZONLARI:
-sifat;
-mazmun;
-dizayn;
-yangilik;
-kreativlik...

G‘OLIBLAR SOVRINLARI:
(har bir yo‘nalish uchun)
1-o‘rin: "Kitobim-oftobim" (4 ta qism +Boshlang‘ich sinflar uchun testlar to‘plami (hakamlar hay'ati tomonidan)+diplom
2-o‘rin: "Kitobim-oftobim" (2 ta qism +Boshlang‘ich sinflar uchun diktantlar to‘plami (hakamlar hay'ati tomonidan)+diplom
3-o‘rin: "Kitobim-oftobim" (1 ta qism +Boshlang‘ich sinflar uchun diktantlar to‘plami (likelar soniga qarab)+diplom

1-2-o‘rin egalari hakamlar hay'ati tomonidan va 3-o‘rin egalari likelar soniga qarab aniqlanadi.

Muddat: 20.05.2022 dan 26.05.2022 gacha
Murojaat uchun: @Shahzoda_Fayzullayeva

@mahorat_maydoni