Get Mystery Box with random crypto!

Koreya Respublikasi Kriminologiya va adliya instituti preziden | KIUT | Rasmiy kanal

Koreya Respublikasi Kriminologiya va adliya instituti prezidenti TAE-HOON HA janoblari boshchiligidagi delegatsiya 2024-yil 13-iyun kuni Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida universitet rektor v.b. Karimjon Axmedjanov, hamda yoʻnalish rahbarlari bilan muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar jarayonida oʻquv jarayonini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, delegatsiya universitetning oʻquv va ilmiy bazasi bilan yaqindan tanishdi, professor-oʻqituvchilar bilan fikr almashishdi.

Bu tashrif Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Koreya kriminologiya va adliya instituti oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va oʻquv jarayonlarida xalqaro tajribani qoʻllashga xizmat qiladi.

www.kiut.uz