Get Mystery Box with random crypto!

Auditoriyadan jamoatgacha: talabalar antibiotiklarga chidamlil | KIUT | Rasmiy kanal

Auditoriyadan jamoatgacha: talabalar antibiotiklarga chidamlilikka qarshi kurashmoqda

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Tibbiyot fakulteti va Yevropa tibbiyot universiteti EMU g‘ayratli volontyorlari ishtirokida antibiotiklarga chidamlilik muammosi bo‘yicha butunjahon xabardorlik haftaligini boshladik.

«Ushbu dasturdan avval mavzuga chuqur kirishmagan edim, lekin bu global tahdid ekanligini anglagan holda kampaniyaga mamnuniyat bilan qo‘shildim», — deya o‘z motivatsiyasi bilan bo‘lishdi ma’ruzachi-volontyorlardan biri bo‘lgan, Umumiy tibbiyot yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Maxliyo Saidova.

Antibiotiklarga chidamlilik barchamizni qamrab olgan holda odamlar, hayvonlar, o‘simliklar va atrof-muhit uchun xavf tug‘diradi.

Bugun volontyor-talabalar Kimyo xalqaro universitetida o‘z tengdoshlariga antibiotiklarga chidamlilik (AMR) bo‘yicha qiziqarli ma’ruzalar o‘qidi va viktorinalar o‘tkazdi .

24 yoshli talaba va ma’ruza ishtirokchisi Sabrina Al-Zaben shunday fikr bildirdi: «Men antibiotiklarga chidamlilik haqida bilardim, lekin tahdidning bunchalik jiddiyligini tasavvur qilmagandim. Antibiotiklar yoki har qanday dori-darmonlarni o‘zboshimchalik bilan qabul qilish ahvolimizni og‘irlashtirib, organizmga zarar yetkazishi, bu esa oxir oqibat o‘limga olib kelishi mumkin».

Telegram|Facebook|Instagram|Twitter