Get Mystery Box with random crypto!

#history #triptoBishkek Toshkent Kimyo xalqaro universitetini | KIUT | Rasmiy kanal

#history #triptoBishkek

Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Tarix” yoʻnalishi talabalari Bishkek shahrida

2023 yil 22-oktabrdan Tarix yoʻnalishi 2-bosqich talabalarining Qirgʻizistonning Jusup Balasagin nomidagi Qirgiz Milliy universitetiga safari boshlandi.

Safar davomida talabalar universitet qoshidagi tarix va mintaqashunoslik instituti direktori Turatbek Sirdibayev bilan uchrashib, taʼlim muassasalarimiz oʻrtasidagi hamkorlik va talabalar almashinuvini yanada rivojlantirish imkoniyatlari haqida yoʻl xaritasini tuzib olishdi.

Arxeologiya, etnologiya, manbashunoslik va tarixshunoslik kafedrasi mudiri, professor Tamerlan Charginov bilan suhbat ayniqsa talabalarda katta qiziqish uygʻotdi. Professor Qirgʻizistondagi soʻnggi paleolit davri haqida gapirib berdi. Bu oʻz navbatida talabalarimizga oʻlka tarixi haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish va shu davrga oid arxeologik topilmalar bilan tanishish uchun noyob imkoniyat boʻldi.

Ilmiy safar davom etmoqda!