Get Mystery Box with random crypto!

#XUSHXABAR 48 ta OTM World University Rankings – 2024 xalqaro | KIUT | Rasmiy kanal

#XUSHXABAR

48 ta OTM World University Rankings – 2024 xalqaro reytingida “reporter” maqomiga ega boʻldi.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ham ushbu roʻyxatdan joy oldi.

Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi oʻzining World University Rankings – 2024 reyting natijalarini eʼlon qildi.

Ushbu reytingda universitetlarning 18 ta indikator asosida 5 ta yoʻnalishdagi samaradorlik koʻrsatkichlari baholandi: oʻqitish, tadqiqot muhiti, tadqiqot sifati, sanoat va xalqaro istiqbollar.

Maʼlumot oʻrnida, joriy yil ushbu reytingda 108 ta davlatdan 1 904 ta universitet faoliyatini baholash boʻyicha maʼlumot taqdim etgan boʻlib, ulardan 769 tasi “reporter”, yaʼni daʼvogar universitetlar maqomiga ega boʻldi.

Manba