Get Mystery Box with random crypto!

Yakkasaroyda Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik festivali | KIUT | Rasmiy kanal

Yakkasaroyda Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik festivali

Hurmatli Yakkasaroy yoshlari va poytaxtimiz mehmonlari!

4-mart kuni, soat 18:00da Yakkasaroy tumanidagi “Pushkin” hiyobonida yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Yakkasaroy tuman hokimligi, tuman Madaniyat va turizm bo‘limi, milliy gvardiya, Yoshlar agentligi hamkorligida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida shou-konsert kechasi bo‘lib o‘tadi.

Shou-konsert mehmonlari:

Munisa Rizayeva,
Umidaxon,
Oybek va Nigora,
Ruhshona,
Hojiakbar Ro'zmetov,
Mahliyo Omon,
Maftuna Xolmurodova,
John Roomy va boshqalar.

Toshkent shahri mehmonlari va Yakkasaroy tuman yoshlarini, shuningdek tuman aholisini konsert kechasiga taklif etamiz.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati