Get Mystery Box with random crypto!

# Aziz doʻstlar, Sizlarni 24 fevral kuni A-blok foyesida | KIUT | Rasmiy kanal

#

Aziz doʻstlar,

Sizlarni 24 fevral kuni A-blok foyesida boʻlib oʻtadigan “Koreya madaniyati kuniga” taklif qilamiz.

Ushbu tadbirda siz koreys madaniyati va anʼanalarining ajoyib atmosferasiga shoʻngʻishingiz mumkin. Sizlar uchun talabalar tomonidan juda koʻp qiziqarli tadbirlarni tayyorladik, masalan:

anʼanaviy musiqa va raqslar namoyishi;

qiziqarli oʻyinlar va sovrinli tanlovlar;

Bundan tashqari, Koreyadan kelgan ustozlarimiz bilan tanishib, ularga oʻz mamlakatining anʼanalari va madaniyati haqida savollar berishingiz mumkin.

Barchangizni kutib qolamiz!