Get Mystery Box with random crypto!

#muqobilenergiya Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (avvalg | KIUT | Rasmiy kanal

#muqobilenergiya

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (avvalgi Toshkent shahridagi Yeodju texnika instituti) hozirda eng dolzarb masalalardan biriga aylangan energiya taqchilligini qoplashni taʼminlashga qaratilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni bir necha yil avval boshlagan edi.

Video lavha orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida oʻrnatilgan, shamol orqali muqobil energiya olish mumkin boʻlgan, yangi uskuna taqdimotini koʻrishingiz mumkin.

Shuningdek, ayni damda universitetning “Muqobil energiya” yoʻnalishi professor-oʻqituvchilari va talabalari laboratoriyalarda quyosh paneli va shamol generatorlarini oʻrnatish boʻyicha turli loyihalar ustida ish olib borishmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook |YouTube