Get Mystery Box with random crypto!

#Tanlov muddati uzaytirildi Toshkent xalqaro kimyo universit | KIUT | Rasmiy kanal

#Tanlov muddati uzaytirildi

Toshkent xalqaro kimyo universitetining bakalavr yoʻnalishi talabalari diqqatiga,

Pedagogika va psixologiya kafedrasi tomonidan tashkil etilayotgan “Psixologiya bilimdoni” koʻrik tanlovida ishtirok etishga taklif etamiz.

Tanlovda siz oʻz guruhingiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.

Tanlov shartlari:

- Noodatiy tanishtiruv;
- Eng taʼsirli motivatsion sahna koʻrinishi;
- hayotiy muammoli vaziyatga psixologik yechim berish (video rolik);
- psixologik yumor;

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2023-yil 20-fevralgacha qabul qilinadi.

Gʻoliblar maxsus diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Qoʻshimcha savollar yuzasidan A bino 408 xonaga murojaat qilishingiz mumkin!

Telegram | Instagram | Facebook |YouTube