Get Mystery Box with random crypto!

Birga kitob o'qiymiz

Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz B
Kanaldagi mavzular:
Muhim
Tavalludlar
Bayramlar
Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz
Kanaldagi mavzular:
Muhim
Tavalludlar
Bayramlar
Kanal manzili: @kitobxonyoshlar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 61.09K
Kanalning ta’rifi

📚“Birga kitob o‘qiymiz” loyihasi rasmiy sahifasi
Kanalimizda ibratli, foydali va barchaga manfaatli ma’lumot ulashmoqchi bo‘lsangiz @diqqatloyiha ga murojaat qiling!
🤝 Reklama va hamkorlik uchun: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 14

2023-12-11 16:00:55 “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2-mavsumi test ishlash jarayonlari bugun soat 20:00 da yakunlanadi! Shundan so‘ng, eng yuqori 50 ta o‘rindagi ishtirokchilar tanlovning final bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Bunda eng so‘ngida turgan, ya’ni…
17.5K views13:00
Ochish/sharhlash
2023-12-11 12:26:23 “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2-mavsumi test ishlash jarayonlari bugun soat 20:00 da yakunlanadi!

Shundan so‘ng, eng yuqori 50 ta o‘rindagi ishtirokchilar tanlovning final bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Bunda eng so‘ngida turgan, ya’ni 50-o‘rindagi ishtirokchining baliga teng ball to‘plagan ishtirokchilarning hammasi finalga chiqadi.

Yuqori o‘rindagi barcha ishtirokchilarning natijalari qayta tekshirib chiqiladi. Agar kimda-kim 2 ta profildan kirgani aniqlansa, tanlovdan chetlatiladi, shuningdek, test ishlash jarayonida testni faqat o‘zi ishlamasdan kimdandir yordam olgan bo‘lsa ham chetlatiladi. Hammasini doimgidek birma-bir tekshirib chiqamiz.

Aytgancha, tanlovning final bosqichiga faqat nizom bo‘yicha talabalar, kollej, litsey va texnikum o‘quvchilari hamda tyutorlar o‘tadi. Qolgan ishtirokchilar finalda qatnasha olmaydi.

Tavsiya: Test ishlashni oxirgi soatlarga taqamang, ko‘pchilik birdan testga kirsa, botda qotish holati bo‘lishi mumkin. Shu sababdan oldinroq testni yakunlang. Barchaga omad!!!

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
20.1K views09:26
Ochish/sharhlash
2023-12-11 12:06:20
Moskva shahrida o'zbek tilida ta'lim oling
Ishni o'qish bilan birlashtiring

Bakalavriat
Kunduzgi va onlayn ta'lim
Davlat diplomi O'zbekistonda tan olinadi
Patentsiz ishlash imkonyati
Talabalar shaharchasida O'zbekistonda tashrif buyurgan ko'plab talabalar
Rus tilini qulay sharoitda o'rganish

Nega aynan bu dastur ?

Rossiya federatsiyasida yagona bo'lgan dastur
Davlat diplomi O'zbekistonda tan olinadi
Rus tilida ravon suxbatlasha olish imkoniyati
Darslar o'zbek tilida olib boriladi

Ariza qoldiring  va batafsil ma'lumotga ega bo'ling
18.7K views09:06
Ochish/sharhlash
2023-12-11 08:15:07


Bugun 11-dekabr haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro tog‘lar kuni.
UNICEFning tug'ilgan kuni.
Braziliya – Muhandislar kuni.
Malavi – Milliy daraxt ekish kuni.

#muhim_voqealar
1816 – Indiana AQShning 19-shtatiga aylandi.
1946 – BMT huzurida UNICEF tashkil topdi.
1981 – Big Ben soati sovuq tufayli 12:27da to'xtab qoldi.

#tavalludlar
1810 – Alfred De Myusse (1857) – fransuz shoiri, yozuvchi, dramaturg.
1882 – Maks Born (1970) – nemis va britan fizigi va matematigi, Nobel mukofoti sohibi (1935).
1890 – Karlos Gardel – argentinalik qo'shiqchi, bastakor va aktyor, mashhur Tango raqqosi.
1918 – Aleksandr Soljenitsin (2008) – rus yozuvchisi, dramaturg, shoir, publisist, jamoat arbobi, Nobel mukofoti sohibi.
1969 – Vishvanatan Anand – hind grossmeystri, shaxmat bo‘yicha 15-jahon chempioni.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
18.8K views05:15
Ochish/sharhlash
2023-12-10 11:15:47
Kitobxonlar uchun haqiqiy xazina – dunyoning eng yirik va ajabtovur kitob do’konlari qanday ko’rinishda?

1.Powellʼs City of Books (Portlend, AQSH) — jahondagi eng ulkan kitob doʻkoni. Doʻkon maydoni 6300 kvadrat metr, javonlaridagi kitoblar soni esa 4 milliondan ortiq.

2.Barnes & Noble — AQSHdagi eng yirik kitob doʻkonlari tarmogʻi. Doʻkonda faqatgina kitoblar sotilib qolmay, balki noshirlik ishlari ham yoʻlga qoʻyilgan. Uning negizida esa birinchi internet-doʻkon paydo boʻlgan.

3.Waterstones Piccadilly (London, Buyuk Britaniya) — Yevropadagi eng yirik kitob doʻkoni maqomiga daʼvogar. Olti qavatli doʻkondagi kitob javonlarining uzunligi 13 kilometrni tashkil etadi.

4.Kitoblar uyi(Sankt-Peterburg, Rossiya) — “Kitoblar uyi” Peterburgning eng katta kitob doʻkoni boʻlib qolmay, balki shaharning noyob osori-atiqalaridan hisoblanadi. “Kitoblar uyi”ning sahni 4 ming kvadrat metrdan iborat.

5.Blackwellʼs (Oksford, Buyuk Britaniya) — Angliyada oʻquv adabiyotlarini yetkazib beruvchi asosiy kitob doʻkoni sanaladi. Hozirda uning 44 ta filiali bor. Angiyadan shunday gap ham yuradi: “Mabodo, biron bir kitobni hech qayerdan topolmasang, albatta, Blackwellʼs ga bor”.

6.Libreria El Ateneo Grand Splendid (Buenos-Ayres, Argentina) — 2000-yilga kelib, teatr binosi kitob doʻkoniga aylantirilgan. Bir paytlar parter, loja va balkon sifatida xizmat qilgan joylarda kitob stellajlarining turishi binoga oʻzgacha goʻzallik bergan.

7.The Bookworm (Pekin, Xitoy) — bu yerda siz kitob muqovalari koʻrinishidagi zinalardan koʻtarilib, katta maydondagi qizgʻin kitob savdosi ustidan chiqasiz.

8.Bartʼs Books (Oxay, Kaliforniya) — ochiq osmon ostidagi eng yirik kitob doʻkoni hisoblanadi. Doʻkonda savdo erkin tarzda amalga oshiriladi. Yaʼni bu yerdan istagan kitobingizni olasiz va oʻzingizga maʼqul toʻlov pulini kitob javoni tepasidagi kofe idishida qoldirib ketasiz.

Batafsil maqolani o'qish

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
25.5K views08:15
Ochish/sharhlash
2023-12-10 07:14:05


Bugun 10-dekabr haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Inson huquqlari kuni.
Xalqaro hayvonlar huquqlari kuni.
Butunjahon futbol kuni.
Nobel mukofotlarini topshirish kuni.
O‘zbekiston – Davlat madhiyasi qabul qilingan kun.
O‘zbekiston – Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni. 

#muhim_voqealar
1817 – Missisipi AQShning 20-shtatiga aylandi.
1848 – Lui Napoleon Bonapart Fransiya Respublikasining birinchi prezidenti etib saylandi.
1901 – Nobel mukofoti ilk bor egalariga topshirildi.
1948 – BMT Bosh Assambleyasi Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasini qabul qildi.
1992 – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilindi.

#tavalludlar
1815 – Avgusta Lavleys (1852) – ingliz matematigi, birinchi ayol dasturchi, Bayronning qizi.
1821 – Nikolay Nekrasov (1878) – rus shoiri, yozuvchi va publitsist, rus mumtoz adabiyotining vakili.
1891 – Nelli Zaks (1970) – nemis shoirasi, Nobel mukofoti sohibasi (19660.
1934 – Howard Martin Temin (1994) – amerikalik virusolog, Nobel mukofoti sohibi.
1944 – Nuraliyev Haydarali – naqqosh, O’zbekiston xalq ustasi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
21.2K viewsedited  04:14
Ochish/sharhlash
2023-12-09 15:13:31
— Janob, sizga kelishilgan pulni olib kelgandik.
— Qanaqa pul?! Axir, bugun korrupsiyaga qarshi kurashish kuni-ku!
— Unaqada nima qilaylik?
— Ertaga kelinglar!

BMT Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” sifatida e’lon qilingan. 2004-yildan e’tiboran ushbu sana munosabati bilan butun dunyoda turli anjumanlar, davra suhbatlari va muhokamalar tashkil etiladi.

Yuqoridagi rasmlarda korrupsiya nima ekani va qanday oqibatlarga olib kelishini aniq-tiniq ochib beruvchi ijtimoiy reklama toʻplamini ko'rishingiz mumkin!

Nima deb o'ylaysiz? Korrupsiyani qanday qilib kamaytirish mumkin (yo'qotish ilojsiz shuning uchun kamaytirish dedim)?

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
12.9K views12:13
Ochish/sharhlash
2023-12-09 12:24:13
Kichik bir tanlov-kasting o‘tkazamiz! Agar sizning nutqingiz ravon va chiroyli bo‘lsa, oʻzingizni kamera qarshisida erkin tuta olsangiz, so‘z boyligingiz yaxshi, telefonda bo‘lsa ham biroz video montajdan xabaringiz bo‘lsa bu aynan Siz uchun imkoniyat!…
16.7K viewsedited  09:24
Ochish/sharhlash
2023-12-09 07:58:54


Bugun 9-dekabr haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni.
Xalqaro veterinariya kuni.
Butunjahon texno kuni.
Rossiya – Vatan Qahramonlari kuni.

#muhim_voqealar
1863 – Amerkalik Jeyms Plimpton to’rt g’ildirakli konkini ixtiro qildi.
1968 – Duglas Engelbart kompyuter sichqonchasini namoyish qildi.
1992 – O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi.
2003 – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni birinchi marta nishonlandi.

#tavalludlar
1608 – Jon Milton (1674) – ingliz shoiri, mutafakkir.
1742 – Karl Vilgelm Shele (1786) – shved kimyogari, kislorodni kashf qilgan.
1933 – Mubinjon Baratov (2005) – faylasuf olim, O‘zbekiston FA akademigi.
1938 – Kamolova Qamara – rejessyor, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi.
1978 – Komila Xo'jayeva – "Setora” guruhi xonandasi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo’ling
20.7K views04:58
Ochish/sharhlash