Get Mystery Box with random crypto!

Birga kitob o'qiymiz

Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz B
Kanaldagi mavzular:
Muhim
Tavalludlar
Bayramlar
Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz
Kanaldagi mavzular:
Muhim
Tavalludlar
Bayramlar
Kanal manzili: @kitobxonyoshlar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 61.09K
Kanalning ta’rifi

📚“Birga kitob o‘qiymiz” loyihasi rasmiy sahifasi
Kanalimizda ibratli, foydali va barchaga manfaatli ma’lumot ulashmoqchi bo‘lsangiz @diqqatloyiha ga murojaat qiling!
đŸ€ Reklama va hamkorlik uchun: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 12

2023-12-20 14:57:45
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi 2-mavsumi g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi!

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida Vazirlik hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan keng qamrovli “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi 2-mavsumi g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.

Taqdirlash marosimini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddi vakili Laziz Mingishov ochib berib, mazkur tanlov yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqishini yanada oshirishini va 215 mingdan ortiq talaba-yoshlarni qamrab olganligini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng, tanlov tashkiliy ishlarida faol bo‘lgan tashkilotchilarga vazirlik tashakkurnomalari hamda tanlovning “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblariga smartfon va sertifikatlarni topshirdi.

Tanlovning final bosqichida faol ishtirok etib, 4-5-o‘rinni egallagan tanlov sovrindorlariga vazirlik sertifikati va smartfon sovg‘alarini Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i Mansur Boysariyev topshirdi.

Kitobxonlik tanlovi davomida eng kuchli deya e’tirof etilgan 1 nafar 1-o‘rin, 2 nafar 2-o‘rin va 3 nafar 3-o‘rin egalarini “Kitobxon yoshlar ligasi” loyihasi muallifi, markaz bo‘lim boshlig‘i Izzatxo‘ja Asomiddinov taqdirlab, ularga qimmatbaho sovg‘alar (noutbuk, smart televizor va planshet) va vazirlik diplomlarini topshirdi.

Taqdirlash marosimi davomida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti iqtidorli talabalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tashkil etilgan tantanali taqdirlash marosimi tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi.

Tanlov g‘oliblari ro‘yxati

Tanlovda g‘olib va sovrindor bo‘lgan barcha talaba-yoshlarni ushbu mukofotlar bilan markazimiz nomidan samimiy muborakbod etib, kitob doimo eng yaqin do‘stingiz bo‘lishini tilab qolamiz.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
16.3K views11:57
Ochish/sharhlash
2023-12-20 10:39:24
“Kitobxon yoshlar ligasi” o‘zi qanday tanlov?

Bir necha yuz minglab talaba-yoshlarni kitobxonlikka targ‘ib qila olgan, qisqa vaqt ichida keng ommalashib, kitobxonlar orasida sog‘lom raqobatni yuzaga keltira olgan, onlayn tarzda tashkil etilsa-da, shaffoflikni ta’minlab, adolatli tarzda o‘tkazilishi bilan nom qozongan “Kitobxon yoshlar” onlayn kitobxonlik loyihasi haqida ko‘pchilikka tanish bo‘lib ulgurdi.

Yuqoridagi video orqali mana shu loyiha tashkilotchilari hamda g‘olib va sovrindorlarining fikrlarini sizlarga ulashishga qaror qildik.

Videoni sifatli formatda ko‘rish

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
12.8K viewsedited  07:39
Ochish/sharhlash
2023-12-20 06:31:00


Bugun 20-dekabr haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro inson birdamligi kuni.
Qozogʻiston – Davlat kuryerlik xizmati kuni.
Rossiya, Qirg‘iziston – Xavfsizlik xizmati xodimlari kuni.

#muhim_voqealar
1398 – Amir Temurning Hindistonga yurishi chog‘ida egallangan Dehli sultonligining poytaxti Dehli shahridagi jome‘ masjidida Sohibqiron nomi xutbaga qo‘shib o‘qildi.
1699 – Pyotr I o'zining farmoni bilan Yangi yilni nishonlashni 1-sentabrdan 1-yanvarga ko‘chirish haqida farmon chiqardi.
1879 – Tomas Edison cho‘g‘lanma lampa ishlashini namoyish qildi.
1938 – SSSRda mehnat daftarchasi joriy qilindi.
1996 – Tokioda O‘zbekiston elchixonasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
1996 – NeXT kompaniyasi Apple Computer bilan birlashdi, Mac OS X ni ishlab chiqish boshlandi.

#tavalludlar
1841 – Ferdinand Byuisson (1932) – fransuz tinchlikparvari, Inson huquqlari Ligasi asoschisi, Nobel mukofoti sohibi (1927).
1873 – Mehmet Akif Ersoy (1936) – turk yozuvchisi va shoiri, Turkiya madhiyasi matni muallifi.
1891 – Mariya Skobsova (1945) – rus shoirasi, yozuvchi, jamoat arbobi, rohiba.
1896 – Rahim Pirmuhamedov 1972) – aktyor, O‘zbekiston va SSSR xalq artisti.
1998 – Kilian Mbappe – fransuz futbolchisi, jahon chempioni.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
15.3K views03:31
Ochish/sharhlash
2023-12-19 18:36:38 Ertaga soat 10:00 da “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi 2-mavsumi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi, barchangizni taklif qilamiz!

P.S.: G‘olib bo‘lmaganlar ham yuqsin-yuqsin qilishga kelsa bo‘ladi.
14.1K viewsedited  15:36
Ochish/sharhlash
2023-12-19 16:40:48
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
17.7K views13:40
Ochish/sharhlash
2023-12-19 16:10:15
Yangilik – qahraton qishning zahrini kesadigan qaynoq loyiha.

Siz bilan kitoblar olamini qanday zabt etishni, aslida kitoblarning ichi nomidan koʻra qiziqroq boʻlishini oʻrganamiz!

8 kunlik “OÊ»qish sanÊŒati” nomli kitobxonlik saviyasi va samaradorligini oshirishga koÊ»maklashadigan malaka darslari.

Speaker: Salohiddin Qurbonov

Manzil:
https://t.me/+5M7o_EDVuLpkYzM6
14.8K viewsedited  13:10
Ochish/sharhlash
2023-12-19 05:55:47


Bugun 19-dekabr haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#muhim_voqealar
1884 – Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida savdogar Saidazimning o‘g‘li Said G‘ani Azimboyev hovlisida birinchi rus-tuzem maktabi ochildi.
1983 – Rio-de-Janeyroda sport olamida "asr o'g'irligi" deb nomlangan jinoyat sodir etildi.
1991 – Eng oxirgi “Qizil yulduz” ordeni egasiga topshirildi.
1994 – Toshkentda O‘zbekiston Respublikasining BMT Xalqaro bolalar jamg‘armasi YUNISEFga a'zo bo‘lib kirishini nazarda tutuvchi Bitim imzolandi.  
1997 – XX asrning eng daromadli filmi - "Titanik" katta ekranga chiqdi.
2001 – Butun dunyo bo‘ylab "Uzuklar hukmdori" filmining premyerasi boshlandi.

#tavalludlar
1906 – Leonid Brejnev (1982) – sovet davlat arbobi va siyosatchisi, SSSR rahbari (1964-1982).
1933 – Farhod Musajon – bolalar yozuvchisi.
1942 – Begali Qosimov (2004) – adabiyotshunos olim, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor.
1987 – Karim Benzema – Al-Ittihod futbolchisi, Fransiya MTJ a’zosi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
19.1K views02:55
Ochish/sharhlash
2023-12-18 18:44:36
Ona yerimizni qanday ahvolga keltirib qo‘ydik?

Ushbu videoni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi yoshlar tayyorlashgan. Ingliz tilida global muammolar haqida juda chiroyli gapirishibdi. Qoyil

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
17.7K views15:44
Ochish/sharhlash
2023-12-18 18:28:01
Maktab bitiruvchilari va abituriyentlar uchun ajoyib yangilik!

Yapon Xalqaro Universiteti - bitiruvchilarni ish bilan taÊŒminlash uchun Yaponiyaning CAL va SSI tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. 

Universitet yoshlar uchun grantlar ajratmoqda. Agarda siz kuchli bilim va iqtidor sohibi bo‘lsangiz JIU sizni qidirmoqda.

JIUÊŒda quyidagi:
— Biznes Boshqaruv
— Moliya
— IT
— Pedagogika
— Turizm  yo‘nalishlardan birida sifatli taÊŒlim olishingiz va Yaponiyaning nufuzli korxonalarida ishlashingiz mumkin.

Grant asosida talaba bo‘lish va qo‘shimcha maÊŒlumot uchun ro‘yxatdan o‘ting:
Shoshiling, joylar soni cheklangan!

P.S.: Bu postni 2024-yil universitetga topshirmoqchi bo‘lgan yaqinlaringizga ulashing. Ehtimol imtihonda qatnashib grantni qo‘lga kiritar.

https://bit.ly/tybl
16.2K viewsedited  15:28
Ochish/sharhlash
2023-12-16 19:09:23


Bugun 16-dekabr haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Choʻqqilarni zabt etish kuni.
Qozog'iston – Mustaqillik kuni.
Tailand – Sport kuni.
Eron – Tadqiqotlar kuni.

#muhim_voqealar
1899 – "Milan" futbol klubi tashkil etildi.
1946 – Kristian Dior Parijda modalar uyini ochdi.
1991 – Turkiya Republikasi jahon mamlaklari ichida birinchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi.
1991 – Qozog‘iston o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
1992 – O'zbekiston Respublikasi Xalqaro Futbol Federatsiyasiga (FIFA) a'zo bo'ldi.

#tavalludlar
1770 – Lyudvig Van Betxoven (1827) – nemis bastakori, pianinochi, dirijyor.
1775 – Jeyn Osten (1817) – ingliz yozuvchisi.
1882 – Koday Zoltan (1967) – Venger kompozitori, pedagog, zamonaviy venger kompozitorlik maktabi asoschilaridan.
1956 – Abdujabbor Abduvohidov – oʻzbek davlat arbobi, olim va diplomat, tarix fanlari nomzodi.

Shuningdek bugun, sizlar uchun tanlovlar tashkil qilib charchamaydigan Izzatxo'ja, ya'ni kaminaning volidayi muhtaramalari, onajonim tavallud topgan kun. Umrlari uzoq bo'lsin!

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
15.7K views16:09
Ochish/sharhlash