Get Mystery Box with random crypto!

#qisqa_hikoyalar 499 ta belgidan iborat hikoya Narh | Birga kitob o'qiymiz

#qisqa_hikoyalar

499 ta belgidan iborat hikoya
Narh-navolar koʻtarilib, ishlayvergandan qoʻllar tizzadan pastga tushgan qimmatbaho kuz kunlarining birida u shunday eʼlon oʻqib qoldi: "500 ta belgidan iborat qisqa hikoya yoz. Tanlovda qatnash va gʻolib boʻl. Har harfi uchun 60 gepil".
Choʻntagidagi soʻnggi 20 gepikka sigareta olgandi. Ochligidan qorni cherkov qoʻngʻirogʻidek jaranglar, kun koʻrish qiyin, pul juda zarur edi.
Uyga keldi-yu, eski "Pentium-4" kompyuterining "Power" tugmasini oyogʻining bosh barmogʻi bilan bosdi. Yangi fayl ochdi. Klaviatura boʻm-boʻsh xonada ayovsiz faryod chiqara boshladi: "Narh-navolar koʻtarilib, ishlayvergandan qoʻllar tizzadan pastga tushgan qimmatbaho kuz kunlarining birida..."
Rafiq Ahmad
_________________________________

Suiqasd
Onam meni ilk va soʻnggi marotaba tushida koʻrgandi. Oʻsha kuni tongni qon ichida qarshilab bolasini oʻldirib qoʻyganini angladi. Men na quyoshni, na deraza oynasida yomgʻir tomchilarini, na boshqa goʻzalliklarni koʻrdim. Men ehtiros va ishqdan yaraldim, otamning buyrugʻi bilan onam qabul qilgan qaror tufayli vafot etdim.
Husayn Husaynzoda
_________________________________

"Qayerdasan?"
11 yildirki oʻqishim tufayli ota-onam bilan birga yashamayman. Otam har kun qoʻngʻiroq qilib, "Qayerdasan" degan savolni soʻraydi. Salomlashmaydi, ahvolimni ham soʻramaydi. Hatto telefonimga uning nomini ota emas, "Qayerdasan" deb saqlab qoʻyganman. Undan qoʻngʻiroq kelarkan, hamisha qayerdaligimni bildiruvchi bahona oʻylab topishimga toʻgʻri keladi. Bir kuni kechasi soat oʻn bir yarimlarda otam yana telefon qildi. Doimgi savol yangradi. Oʻsha payt kayfiyatim yoʻq edi, jahl qilib "Feysbukdaman" deb javob qaytardim. U esa oʻylab oʻtirmay baqirdi: "Balo bormi feysbukda bu mahalda, chiq, darhol uyga bor!"
Hojiog'a Aliyev

Ozarboyjonchadan Rahmat Bobojon tarjima qildi

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling