Get Mystery Box with random crypto!

BA, QA, PO, DM, PM, Agile, Waterfall, Scrum, Scrum Master, Kan | Khumoyun Codes

BA, QA, PO, DM, PM, Agile, Waterfall, Scrum, Scrum Master, Kanban, Sprint, Poker Planning, PIP, Refinement

Bu tasodifiy harflar birikmasi emas, men bu EPAMga kirganimdan keyin nimaligini tushunmasdan boshim qotgan terminlar. Ishga kirmasimdan oldin shularni orasidan faqat QA, PM va Kanban nimaligini bilardim xolos. Ishga kirib, loyiha ustida ishlashni boshlaganimdan keyin, boshimga tofonday bostirib kelgan har bir terminning ortida ma’lum bir, lavozim, majlis turi yoki loyiha boshqarish metodologiyasi turibdi. Qaysi birida nima qilinishini bilmay, ishimni boshlanishida, birinchi martta kirgan meetinglarimda angrayib, gap nima haqida ketayotganini bilmasdan eshitib o’tiraverardim. Hozir esa mexanizmni ko’p qismlari nima vazifa bajarishini tushunib oldim.

Maqolalarni o’qiganlar bizga o’xshab adashib qolmasliklari va loyihadagi har bir detallarni tushunishlari uchun, keyingi qadam har bir shu terminalarni siz do’stlarimizga, o’zbek tilida, sodda va oddiy ko’rinishda tushuntirib bermoqchiman.

Loyiha boshqarish metodologiyalari, ularni ishlatish va ular bilan ishlash bo’yicha bir suhbatni rejalashtirgan edim, bu suhbatimizda speakerimizni talablariga binoan, sentabr oyida bo’lib o’tishi kutilmoqda. O’zbek tilida katta tajribaga ega PM/Scrum Master ni topish qiyin bo’ldi va oxiri o’zimizni kompaniyadan bir insonni ko’ndirdim. Hudo hohlasa manfaatli video suhbatlar bizni kutmoqda.

Kimlardan nima haqida suhbatlarni eshitishni hohlar edingiz? Izohlarda qoldiring

@khumoyun_codes