Get Mystery Box with random crypto!

Khumoyun Codes

Telegram kanalining logotibi khumoyun_codes — Khumoyun Codes K
Telegram kanalining logotibi khumoyun_codes — Khumoyun Codes
Kanal manzili: @khumoyun_codes
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.21K
Kanalning ta’rifi

Dasturlash va dasturchi hayotiga oid maqola va media kontentlar.
Muallif: Khumoyun Inoyatov
| Boshqa tarmoqlarga linklar:https://linktr.ee/ikhumoyun
| Tanlangan maqolalar:https://bit.ly/3PBHPOM

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-08-30 11:05:26
FAANG - KIRISH

Khamidulla Inoyatov hamda Azimjon Pulatov bilan birgalikda ko’plab dasturchilar orzu qiladigan gigant kompaniyalarga ishga kirish haqida katta masshtabdagi ovozli chatimiz bo’lib o’tadi.

Upd: BUGUN 19:30 DA

@mabrur_dev
294 views08:05
Ochish/sharhlash
2022-08-22 12:55:05
“Devs’Blog Community” bilan

Yaxshi suhbatlar va ajoyib kechki sayr bo’ldi. Yig’ilib turish kerak :)

@nizamoff
1.1K views09:55
Ochish/sharhlash
2022-08-20 18:54:45
@khumoyun_codes
1.8K viewsedited  15:54
Ochish/sharhlash
2022-08-20 18:54:40 Reactda Mapper va Adapterlar

Backend kafolatlamagan ma’lumotlarni render qilib foydalanuvchiga ko'rsatmoqchi bo’lsangiz, ba’zi paytlar ilovamiz dumalab tushish (crash) ehtimolligi bo’ladi, shu bilan birgalikda ko’p holatlarda biz componentimizni tekshiruvlar (check) bilan to’ldirib boramiz. Hamma yerda “agarlar” (if else) yoki optional chaining (?) operatorlaridan foydalanishni ko’paytirib tashlamasdan oldin bir narsaga nazar solshimiz va o’rganib olishimiz yaxshiroq bo’ladi. Bu narsalar Mapper yoki Adapterlar deb nomlanadi, ma’lumotni kompentga uzatmasimizdan oldin yoki Store ga joylamasimizdan oldin ularni birma bir ko’zdan kechirib yo’q ma’lumotlarni o’rniga boshqasini almashtirib qo’yishimiz mumkin. Ya’ni default ma’lumotlar yoki har bir type uchun default qiymatlar bilan almashtirish, masalan string ko’rinishida keladigan qiymatlar uchun bo’sh string, number qiymatlari uchun esa 0 va hkz. Shunday qilib, undefined yoki null sifatida yuborilgan ma’lumotlarni va tekshiruvlarni kamaytirishimiz mumkin.

Tekshiruvlarni kamaytirish bizga nima foyda beradi?
Birinchidan, tekshiruvlari ko’p ko’dlarni o’qib ko’rgan bo’lsangiz, har bir narsani tekshiruvdan qanday o’tayotganini bilib olish uchun, o’zingiz ham interpretor sifatida ishlashingizga tog’ri keladi, ya’ni mantiqiy zanjirni tushunib olib ularni o’zingiz miyyangizda birma bir ulab chiqasiz. Agar bu tekshiruvlarni, ma’lumot olish paytida bir marotaba ko’zdan kechirib tog’rlab qo’ysangiz, ko’dingiz o’qilishi ancha osonroq bo’ladi.

Ikkinchidan, agar ilova uchun testlar yozib ko’rgan bo’lsangiz va ilovani testlar bilan qoplanganlik darajasini (test coverage) ko’rish uchun “Istanbul” dan foydalangan paytingiz, foizni ko'paytirish uchun, har bir tekshiruvlar (condition) lar uchun alohida test yozishingizga tog’ri keladi. Sizlarni ishontirib aytamanki, bu juda ham yaxshi jarayon emas , ma’lumotni bor yo’qligiga tekshirish uchun yozilgan testlar odamni juda ham qiynab yuboradi.

Mapperlar qanday yoziladi?
Siz har qanday ma’lumotni olganingizdan so’ng, siz undagi har bir elementni map metodi orqali aylanib chiqishingiz kerak bo’ladi. Masalan sizda foydalanuvchilar ro’yihati ko’rsatilgan massiv bor, bu massiv obyektlardan tashkil topgan. Obyektda, username, firstname, lastname, age, occupation kalit so’zlarili ma’lumotlar bor, birinchi 3 ma’lumot hardoim kelishi aniq bo’lsa, qolgan 2 tasi, ya’ni age va occupation hardoim ham backenddan kelavermaydi deb tasavvur qilaylik. Bir xil obyetlarda u bor bo’lsa, ikkinchisida bo’lmasligi mumkin, agar siz yo’q ma’lumotni olishga harakat qilsangiz undefined qiymatiga duch kelishingiz mumkin. Ekranga chiqarayotgan paytingizda, yoshni va ish joyini ham NP (Not Provided - taqdim etilmagan) so’zi bilan almashtirishingiz mumkin, buni qilishni bir yo’li componentda tekshiruv qo’yish, ikkinchisi mapperdan foydalanish. Mapperda, map metodi bilan aylanib chiqish vaqtida ikki so’roq belgisi ?? (Nullish coalescing operator) orqali agar qiymatimiz nullish qiymat bo’lsa, boshqa ma’lumotni joylab ket deyishingiz mumkin bo’ladi. Shu bilan masala hal va sizni tekshiruvlaringiz bir necha barobar kamayadi va ilovangiz kamroq dumalab tushadi

Mapperlar va ularning foydasi haqida 2 yil oldin ustozim Maqsud aka aytgandilar, mana eshitishdan faol ishlatishgacha shuncha vaqt o’tdi . Vaqtliroq quloq solganimda kamroq tekshiruvlar yozib chiqqan bo’lar edim balki. Hardoimgi gap, Seniorlardan (ustozlardan) o’rganing

Quyidagi rasmda User ma’lumotlari uchun TypeScript da yozilgan mapperniko’rishingiz mumkin. Barchasi juda ham oddiy.

Mapperlarni yozish haqida qisqa videodarslik bo’lshini hohlaysizmi?

@khumoyun_codes
1.5K views15:54
Ochish/sharhlash
2022-08-15 18:37:18 BA, QA, PO, DM, PM, Agile, Waterfall, Scrum, Scrum Master, Kanban, Sprint, Poker Planning, PIP, Refinement

Bu tasodifiy harflar birikmasi emas, men bu EPAMga kirganimdan keyin nimaligini tushunmasdan boshim qotgan terminlar. Ishga kirmasimdan oldin shularni orasidan faqat QA, PM va Kanban nimaligini bilardim xolos. Ishga kirib, loyiha ustida ishlashni boshlaganimdan keyin, boshimga tofonday bostirib kelgan har bir terminning ortida ma’lum bir, lavozim, majlis turi yoki loyiha boshqarish metodologiyasi turibdi. Qaysi birida nima qilinishini bilmay, ishimni boshlanishida, birinchi martta kirgan meetinglarimda angrayib, gap nima haqida ketayotganini bilmasdan eshitib o’tiraverardim. Hozir esa mexanizmni ko’p qismlari nima vazifa bajarishini tushunib oldim.

Maqolalarni o’qiganlar bizga o’xshab adashib qolmasliklari va loyihadagi har bir detallarni tushunishlari uchun, keyingi qadam har bir shu terminalarni siz do’stlarimizga, o’zbek tilida, sodda va oddiy ko’rinishda tushuntirib bermoqchiman.

Loyiha boshqarish metodologiyalari, ularni ishlatish va ular bilan ishlash bo’yicha bir suhbatni rejalashtirgan edim, bu suhbatimizda speakerimizni talablariga binoan, sentabr oyida bo’lib o’tishi kutilmoqda. O’zbek tilida katta tajribaga ega PM/Scrum Master ni topish qiyin bo’ldi va oxiri o’zimizni kompaniyadan bir insonni ko’ndirdim. Hudo hohlasa manfaatli video suhbatlar bizni kutmoqda.

Kimlardan nima haqida suhbatlarni eshitishni hohlar edingiz? Izohlarda qoldiring

@khumoyun_codes
2.2K views15:37
Ochish/sharhlash
2022-08-14 11:25:28
Telegramda sovg'a qilish funksiyasini sinab ko'rish maqsadida tanlov qilmoqchiman.

Ushbu tanlov barcha HTML va SCSS ni biladigan dasturchilar qatnashishlari mumkin. Ovoz berish erkin kanaldagi foydalanuvchilar orasida o'tkaziladi.

Yutgan odamga 1 yillik Telegram Premium funksiyasini sovg'a qilaman.

Manimcha sovg'adan ham qanchalik bilimingiz kuchli ekanini sinab ko'ramiz.

Layoutlar kod sifati hamda qanchalik to'g'ri tartibda yozilganiga qarab saralanadi va final bosqichda kanalda ovozga qo'yiladi.

Maketning uzunligi bir sahifada 4 ta sectionchadan iborat.

Qatnashasizmi? Kommentda + qoldiring.

Postni share qiling! :))
1.6K views08:25
Ochish/sharhlash
2022-08-12 18:11:40
Men necha yillardan beri orziqib kutgan funksiya endi Telegram Premium foydalanuvchilari uchun ishga tushdi!

Endi Premium foydalanuvchilari, ularga kimlar ovozli xabar jo’natishlari mumkinligini tanlashlari, yoki barchaga o’chirib qo’yishlari mumkin.

Men hozircha barchaga o’chirib qo’ydim Telegram Premiumni 1 oyga sinov tariqasida sotib olgan edim, endi menimcha bir yillik to’lovni to’lab qo’yaman

P.S. Ovozli xabarlarni eshitish menga umuman yoqmaydi. Shuning uchun hardoim kimdur ovozli xabar qoldirsa, yozib yuborishini iltimos qilaman.

@khumoyun_codes
2.4K views15:11
Ochish/sharhlash
2022-08-11 08:41:44 Odil ukamizda shunaqa talant borakanu, biz bilmay yurganakanmiz Bu videoni ko’rib kreslodan dumalab tushay dedim tog’risi. Ish kunidan oldin kayfiyatni ko’tarish uchun ayni muddao =)
2.3K views05:41
Ochish/sharhlash
2022-08-11 08:39:21
Bizda o'qisangiz kamida $1000 maosh olasiz!

Hozirgi kunlarda avj olgan, natijani yuqori daromad topishingiz bilan bog'layveradigan ayrim o'quv markazlar va kurslar haqida sarkastik subtitrli video tayyorladim.

@nizamoff
1.2K views05:39
Ochish/sharhlash
2022-08-09 11:24:22 YouTube da kecha birinchi martta Sergey Nemchinskiy ning kanaliga duch keldim, sohaga endi kirib kelayotgan odamlarni hardoim beradigan savollariga juda ham to’liq va tushunarli javoblar berilgan ekan. Videolardan birini ko’rib o’zim ham ba’zi ishlarni notog’ri qilayotganimni bildim.

Dasturlashni qanday qilib samarali o’rganish mumkin?/Как учиться программированию эффективно?





Aynan odatlarni tog’ri shakillantirishni dasturlashni o’rganishga ta’siri haqida juda ham yaxshi fikrlar bildirilgan ekan.

—————————————————

2022-yilda qaysi dasturlash tilini tanlash kerak?/Какой язык программирования выбрать в 2022 году?





Hali ham qaysi dasturlash tilini tanlashni bilmasdan aylanib yurganlar uchun foydali maslahatlarni shu yerdan olsangiz bo’ladi

(Videolar rus tilida)

@khumoyun_codes
2.2K views08:24
Ochish/sharhlash