Get Mystery Box with random crypto!

khiso.uz sayti bo‘yicha yo‘riqnoma

Telegram kanalining logotibi khisofaq — khiso.uz sayti bo‘yicha yo‘riqnoma K
Telegram kanalining logotibi khisofaq — khiso.uz sayti bo‘yicha yo‘riqnoma
Kanal manzili: @khisofaq
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.85K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalda khiso.uz saytidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar berilgan.
ADMIN: @khiso_admin

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2021-12-22 09:36:11 Assalomu alaykum qadrli olimpiada qatnashchilari!

Har bir olimpiada e'lonida yo‘riqnoma bilan tanishi kerakligini eslatsakda, bir xil mazmundagi savollar kelib tushadi. Shu maqsadda saytdan foydalanish bo‘yicha yana bir bor batafsil yo‘riqnomalar berishga qaror qildik.

Har bir qadam bilan jiddiy tanishing

-qadam: Dastlab CHROME brauzeri orqali khiso.uz saytiga kirasiz.
+: Iloji boʻlsa kompyuter orqali kiring.

O‘ng yuqori burchakda turgan Ro‘yxatdan o‘tish tugmasa bosib, ma'lumotlarni to‘ldirib, shaxsiy akkaunt (profil) ochish kerak. Sms kelishi uchun "Send SMS" tugmasini bosasiz.
Agar bu ishni bilmasangiz video orqali o‘rganing:



IZOH: Quyidagilarga e'tibor qiling:
1) Ta'lim muassasangiz joylashgan hududni tanlang.
2) Agar maktabni tugatgan abituriyent bo‘lsangiz sinflar ro‘yxatidan 11-sinfni tanlang.

-qadam: Profil ochgandan keyin, shaxsiy ma'lumotlar bo‘limidan ism-familiya-sharifingizni kiritishingiz shart! Aks holda sertifikatingiz bo‘sh chiqadi va natijalarda ismingiz koʻrinmaydi.

-qadam: Olimpiadalar bo‘limiga kirasiz va "yangi/ro‘yxatdan o‘tilgan/qatnashilgan" bo‘limchalarini korasiz. Agar hali olimpiadaga yozilmagan bo‘lsangiz u "yangi" bo‘limchasida turadi. Olimpiadaga yozilganingizdan keyin u "ro‘yxatdan o‘tilgan" bo‘limiga o‘tadi. Olimpiada boshlanish vaqtiga qadar uning statusi "kutish" holatida bo‘ladi. Boshlanish vaqti kelgach status "boshlangan" rejimiga o‘tadi. Siz ushbu tugma orqali olimpiadani boshlaysiz. Bu haqida ham batafsil video tayyorlangan:



-qadam: Siz olimpiadaga qatnashish davomida barcha javoblarni belgilab, oxirida yuborish tugmasini bosasiz va sizning natijangiz ma'lum qilinadi. Yuborish tugmasini bosmasangiz natijangiz hisobga olinmaydi. Shu joyda yana eslatamiz: CHROME brauzeri orqali kiring!

-qadam: Hamma uchun olimpiada yakunlangach (odatda 23:00 dan keyin) yana profilingizdan "qatnashilgan olimpiadalar" bo‘limiga kirasiz. Ushbu bo‘limdan javoblaringizni tahlili va sertifikatingizni yuklab olishingiz mumkin. Bu haqida quyidagi videoning davomida tanishishingiz mumkin:



Oldin ro‘yxatdan o‘tgansiz-u, lekin parolingizni unutdingizmi? Unda ushbu video orqali parolni tiklashni o‘rganib oling:



Asosiy qoida:
Olimpiadada qatnashish vaqtida:

1. Telegram, imo, whatsapp va boshqa xabar yoki oddiy sms kelsa va siz uni ochish uchun brauerdan chiqsangiz;
2. Telefon qoʻngʻirogʻi boʻlsa va siz unga javob bersangiz;
3. Internetingiz uzulib qolsa;
4. Sifatsiz brauzerlardan kirsangiz;
5. Bilmasdan yoki to‘satdan chiqib ketsangiz; Oxirigacha tugatmay chiqib ketsangiz;
6. Qatnashayotib "obnovit" qilsangiz;
7. Telefoningiz zaryadi tugab chiqib ketsa;
8. Svet o‘chib wi fi ishlamay qolsa;

Olimpiada yopilib qoladi, chunki platforma sizni "g‘irromlik qilmoqda" deb hisoblaydi.

Ushbu qoidaga amal qilmasangiz sizda muammo kelib chiqadi va biz bunga javobgar bo‘lmaymiz.

Admin: @khiso_admin
449.4K viewsedited  06:36
Ochish/sharhlash