Get Mystery Box with random crypto!

khiso.uz sayti bo‘yicha yo‘riqnoma

Telegram kanalining logotibi khisofaq — khiso.uz sayti bo‘yicha yo‘riqnoma K
Telegram kanalining logotibi khisofaq — khiso.uz sayti bo‘yicha yo‘riqnoma
Kanal manzili: @khisofaq
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.85K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalda khiso.uz saytidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar berilgan.
ADMIN: @khiso_admin

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-01-16 10:26:33
ID raqam nima?

ID raqam bu har bir foydalanuvchi uchun alohida beriladigan raqam. Qaysidir ma'noda pasport raqam deb qarash mumkin.

Masalan meni id raqamim 99832 ekan. Ya'ni men saytdagi 99 ming 832-foydalanuvchi bo‘lganman.
100.6K views07:26
Ochish/sharhlash
2021-12-30 20:20:40
REYTING JADVALI HAQIDA!

Reyting jadvalidagi ballar va oʻrinlar faqatgina reytingli olimpiadalardagi ishtirokdan kelib chiqib hisoblanadi.
115.6K viewsedited  17:20
Ochish/sharhlash
2021-12-23 17:42:10 Reytingli olimpiadalarning oddiy olimpiadalardan farqlaridan yana biri shuki, ishtirokchilar ustozlari uchun tashakkurnoma yuklab olishlari mumkin.

Avvalo, olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin o‘qituvchi ism-familiyasini yozishni unutmang! Keyin to‘g‘ilab bo‘lmaydi.

Har bir olimpiadada alohida so‘raladi, shuni unutmang.

Ushbu videoda uni qanday amalga oshirish ko‘rsatilgan
:

129.6K viewsedited  14:42
Ochish/sharhlash
2021-12-22 09:49:11 Eng ko‘p beriladigan savollar:

1-savol:
Bir qaramdan 2-3 ta akkaunt ochsa bo‘ladimi?
Javob: Yo‘q, faqat bitta akkaunt ochish mumkin.

2-savol: Akkauntni qanday o‘chira olaman?
Javob: Faqat adminga murojaat qilish orqali o‘chirish mumkin. Admin: @khiso_admin

3-savol: Profilga rasm qo‘yish shartmi?
Javob: Yo‘q, shart emas

Savollar qo‘shilib borishi bilan javobini ham yozib boramiz.

ILTIMOS, yuqoridagi har bir qoidani yaxshilab o‘qing.
132.2K views06:49
Ochish/sharhlash
2021-12-22 09:43:40 Agar olimpiada to‘lovli bo‘lsa hisobingizni to‘ldirishingiz kerak!

www.khiso.uz saytimizda reytingli va medalli olimpiadalarda hisobni to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnoma.

Saytimizda 3 xil usulda hisobni to‘ldirish mumkin. Hisobni to‘ldirish orqali reyting ballari beriladigan olimpiadalarda qatnashish, saytimizdagi foydali materiallardan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.

Saytni oʻzidan toʻlov qilish:



CLICK evolution ilovasi orqali toʻlov qilish:



*880# orqali toʻlov qilish:



Izoh:
Birinchi to‘lovning 20% sizga cash-back sifatida beriladi. Demak birinchi to‘lovni ko‘proq qilish sizga nafliroq.
148.0K viewsedited  06:43
Ochish/sharhlash
2021-12-22 09:42:44 USHBU RAQAM BILAN ALLAQACHON RO‘YXATDAN O‘TILGAN deyildimi?

Oldin ro‘yxatdan o‘tgansiz-u, lekin parolingizni unutdingizmi?

Unda ushbu video orqali parolni tiklashni o‘rganib oling:

154.2K viewsedited  06:42
Ochish/sharhlash
2021-12-22 09:41:54 4-qadam: Hamma uchun olimpiada yakunlangach (odatda 23:00 dan keyin) yana profilingizdan "qatnashilgan olimpiadalar" bo‘limiga kirasiz. Ushbu bo‘limdan javoblaringizni tahlili va sertifikatingizni yuklab olishingiz mumkin. Bu haqida quyidagi videoning davomida tanishishingiz mumkin:

173.6K viewsedited  06:41
Ochish/sharhlash
2021-12-22 09:39:20 3-qadam: Olimpiadalar bo‘limiga kirasiz va "yangi/ro‘yxatdan o‘tilgan/qatnashilgan" bo‘limchalarini korasiz. Agar hali olimpiadaga yozilmagan bo‘lsangiz u "yangi" bo‘limchasida turadi. Olimpiadaga yozilganingizdan keyin u "ro‘yxatdan o‘tilgan" bo‘limiga o‘tadi. Olimpiada boshlanish vaqtiga qadar uning statusi "kutish" holatida bo‘ladi. Boshlanish vaqti kelgach status "boshlangan" rejimiga o‘tadi. Siz ushbu tugma orqali olimpiadani boshlaysiz. Bu haqida ham batafsil video tayyorlangan:



Siz olimpiadaga qatnashish davomida barcha javoblarni belgilab, oxirida yuborish tugmasini bosasiz va sizning natijangiz ma'lum qilinadi. Yuborish tugmasini bosmasangiz natijangiz hisobga olinmaydi.
193.5K viewsedited  06:39
Ochish/sharhlash
2021-12-22 09:38:37 2-qadam: Profil ochgandan keyin, shaxsiy ma'lumotlar bo‘limidan ism-familiya-sharifingizni kiritishingiz shart!

Aks holda sertifikatingiz bo‘sh chiqadi va natijalarda ismingiz koʻrinmaydi.
211.6K viewsedited  06:38
Ochish/sharhlash
2021-12-22 09:38:08 1-qadam:

Dastlab CHROME brauzeri orqali khiso.uz saytiga kirasiz.
+: Iloji boʻlsa kompyuter orqali kiring.

O‘ng yuqori burchakda turgan Ro‘yxatdan o‘tish tugmasa bosib, ma'lumotlarni to‘ldirib, shaxsiy akkaunt (profil) ochish kerak. Sms kelishi uchun "Send SMS" tugmasini bosasiz. Agar bu ishni bilmasangiz video orqali o‘rganing:

306.4K viewsedited  06:38
Ochish/sharhlash