Get Mystery Box with random crypto!

Sport va ovqatlanish. 1. Hozirgi paytda ko‘pchilik e‘tibor be | Jamshid Hasanov

Sport va ovqatlanish.

1. Hozirgi paytda ko‘pchilik e‘tibor bermaydigan ikki narsa sport va ovqatlanish.

2. Haftada hech bo‘lmaganda bir marta jamoaviy qanaqadir o‘yin o‘ynab tur. Foydali jihati oqibat yo‘qolmaydi va kasal bo‘lish ehtimoli pasayadi.

3. Bir kunda hech bo‘lmaganda 25 ta otjimaniya yoki 10 tacha turnik olishing, kelajakda "dada kuchizni ko‘rsating" degan so‘rov paytida uyaltirib qo‘ymaydi.

4. Ovqatlanish ham xuddi shunday. Fast food, rangli suvlarga pul sarflagandan ko‘ra, vitaminlarga pulingni tik. Qaymoq, sut, meva-chevalar ol. Ichimliklardan dinay yaxshi. Malinaligi :)

5. Talabaman, nima qilay deb yurakni ezma. Bir ilojini qil. Aslida eng sifatli va foydali mahsulotlarni tolibi ilm iste‘mol qilishi kerak.

6. Xullas sog‘lig‘ingga e‘tiborli bo‘l. Oq suvni ichib kayfuyem qilib yurish bu dunyong uchun ham, u dunyong uchun ham zararli ekanligini, man aytmasam ham bilasan.

7. Jamiyatga taqvodor, ilmli, kuchli va sog‘lom jigitler har doim kerak. Shundagina ona farzandiga, singil akasiga, opa ukasiga, xotin eriga mehr, hurmat va ehtirom ila munosabatda bo‘ladi.

P.S
Postdan keyin gantelni joyini qidirma. Trenkani dushanbadan boshlaymiz jigar :)

@khasanov_blog