Get Mystery Box with random crypto!

Barchasiga yetmaydi. 1. Bilginki, aql-idroking barcha ilmlarn | Jamshid Hasanov

Barchasiga yetmaydi.

1. Bilginki, aql-idroking barcha ilmlarni ihota eta olmaydi, shuning uchun vaqtingni eng muhimlariga sarflagin.

2. Mol-davlating barcha insonlarni boy qila olmaydi, shuning uchun uni ahli xaqqa(haqiqiy muhtojlar) sarflagin.

3. Sahovating hammaga yetmaydi, shuning uchun ahli fazllarga(fazilatli insonlar) sahovat qilishga intilgin.

4. Kecha va kunduz jon-jahding bilan ishlasang-da, barcha hojatlaringni ravo qilishga yetmaydi. Shuning uchun ishlaring va dam olishing orasida ikkalasini yaxshi taqsimlagin.

Abbos Alaviy.

P.S
Juma muborak bo‘lsin!

@khasanov_blog