Get Mystery Box with random crypto!

Pulini ber. 1. Dinimizda ilm olishda ham ilm berishda ham, o | Jamshid Hasanov

Pulini ber.

1. Dinimizda ilm olishda ham ilm berishda ham, o‘rtada bitta narsa qo‘yiladi. Alloh roziligi.

2. Yoshligimdan diniy ta‘lim berilmagan bo‘lsa ham, manga ilm bergan insonlar pul uchun harakat qilmayotganligini sezardim.

3. Shuning uchun ustozlarimni repetitor sifatida emas, yaqin insonlarim sifatida bilaman. Masalan bog‘cha opam bilan hali ham bordi keldi qilamiz.

4. Ta‘lim olgan dargohlarimda ham biror marta pul sababli chetlatishni ko‘rmagandim.

5. Bugun birinchi marta ko‘rdim. Kontrakt to‘lamaganlarni hammani oldida izza qilib imtihondan chiqarib yuborishdi. Ayb aslida ularda bo‘lmasa ham.

6. Ichim achishib ketdi. Miyamda "nasiniemsin bunaqa o‘qishni" deb yubordim. Aytishardiki katta bo‘lsang ko‘p narsani ko‘rasan va o‘rganasan deb. Ha rostdan shunaqa ekan.

P.S
Postdan sanga bir tiyinlik foyda yo‘q. Chunki san mutasaddi emassan. Manga esa foyda bor. Ichimni bo‘shataman jigar ichimni.

@khasanov_blog