Get Mystery Box with random crypto!

1. Yozganda xato qilmaydigan, gapirganda shevani ishlatmaydiga | Jamshid Hasanov

1. Yozganda xato qilmaydigan, gapirganda shevani ishlatmaydigan insonlarga havas qilaman. Sabab oddiy. Ular ko‘p o‘qishgan bo‘ladi.

2. Ona tilidan boshqa tildagi so‘zlarni gap orasiga tiqish esa kamchilik hisoblanadi. Например mana shunaqa :).

3. Ona tilidagi muloqotga "zamonaviy" terminlarning qo‘shilishi yomon oqibatga olib keladi. Oddiy misol 21-asrdagi yozilgan kitobni 22-asr farzandi o‘qiy olmaydi. Meros bo‘lib keladigan ko‘pgina ma‘lumot esa aynan shu yerda yo‘qoladi. Bu esa bir millatning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.

4. Nima qilish kerak? Zamonaviy ko‘rinaman deb, tilni bulg‘amaslik kerak. Bilmay ishlatib qo‘yadigan ruscha, inglizcha so‘zlarni esa maksimal kamaytirishga harakat qilish kerak.

5. "Turkiston qayg‘usi" nomli kitobni o‘qiyotib, qiynalib ketganimdan postni yozishga мотивация oldim. Oldinlari o‘zim qilgan ko‘p xatolarni tushunib yetdim.

P.S
Tilni to‘g‘ri ishlatish "Oy yuzli qiz sizni bir daqiqaga mumkinmu" dan boshlanmaydi. Ehtiyot bo‘l :)

@khasanov_blog