Get Mystery Box with random crypto!

Palov va matnning tarkibi bir xil(mi?) Biz bilamizki, oshpazl | Ketmoni uchgan | KOPIRAYTING

Palov va matnning tarkibi bir xil(mi?)

Biz bilamizki, oshpazlar palov tayyorlash jarayonida uning tarkibiy qismlari bo'lmish yog', gusht, savzi va boshqa mahsulotlarni, qozonda birlashtirgan holda ajoyib bir taomni hosil qilishadi.

Xuddi shunday. Kopiraytingda ham, kopirayterlar matning tarkibiy qismlarini, ketma-ket joylashtirgan holda tushunarli va kreativ ko'rinishdagi postlarni yaratishadi.

Bu tarkib asosan, insonlarning qiziqishini orttirib, o'ylangan auditoriyaga yetib borishiga sabab bo'ladi.

Bir daqiqa. Hozir men sizga, ushbu tarkibiy qismlarni tanishtiraman:

Sarlavha - kreativ, qiziqarli holatdagi, ozgina post mavzusiga yaqinroq va qalin ko'rinishdagi, gap yoki so'zlardan iborat bo'ladi.

Kirish qismi - siz reklama qilayotgan mahsulot yoki xizmatning umumiy ma'nosi joylashadi.

Asosiy qism - mahsulot yoki xizmatning foydalilik ko'rinishi, afzallikari va xususiyatlari joylashadi.

Xarakatga chorlash - mijoz ushbu mahsulot yoki xizmatga ega bo'lishi uchun qanday harakatni amalga oshirish kerak ekanligi joylashadi.

Aloqa - Mijoz kelish manzili yoki bog'lanish usullari joylashadi.

Ushbu post foydali bo'lganidan xursandmiz. Kanalimizda qolib, kopirayting bilimlarini egallashda davom eting.

@ketmoniuchgan