Get Mystery Box with random crypto!

Alvido bekorchilik, salom kopirayting Ha, to'g'ri topdingiz. | Ketmoni uchgan | KOPIRAYTING

Alvido bekorchilik, salom kopirayting

Ha, to'g'ri topdingiz. Men kopiraytingga kirib keldim va sizga bu qiziqarli soha haqida qisqacha ma'lumot bermoqchiman.

Sen kopiraytingmisan deysizmi? Yo'q shoshilmang. Men sizga hammasini misollar orqali tushuntiraman. Tibbiyot sohasida faoliyat ko'rsatuvchilarni shifokorlar, maktabdagilarni esa o'qituvchilar deb ataymiz. Xuddi shunday, bizning sohani ham kopirayting deb atashadi.

Kopirayting - matnlar orqali bevosita biznesning muammolariga, mijozlarning ishonchini qozonish va sotuvlarni oshirish orqali yechim beradi.

Aynan, shu ish bilan shug'ullanuvchi soha egalarini kopirayter deyishadi.

Kopirayter matn yozishdan tashqari sotuv, marketing, kreativlik va psixologiyalardan ham ozgina bilimi bo'lishi kerak.

Hozircha shu, hali ko'p va chiroyli yozishni bilmayman.

Keling, siz ham kopirayterlikda o'zingizni sinab ko'ring. Birgalashib, mijozlarning ketmonini uchiramiz.

Keyingi post ham tandirdan uzilmoqda.

@ketmoniuchgan