Get Mystery Box with random crypto!

QIRQ SAVOLGA QIRQ JAVOB 1. Qur’onning ma’nosi nima? J: | Kalmar Oyini ✅

QIRQ SAVOLGA QIRQ JAVOB

1. Qur’onning ma’nosi nima?
J: O‘QISH.

2. Dastlabki tushgan joyi.
J: Makka, Xiro g‘ori

3. Dastlabki tushgan kuni.
J: Qodir tuni.

4. U kimning so‘zi?
J: Allohning.

5. Qur’onni keltirgan
farishtaning nomi nima?
J: Jabroil(a.s)

6. Uni birinchi bo‘lib o‘qigan odam
kim?
J: Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v).

7. Qur’onni har bir harfini to qiyomadga qadar qo‘riqlovchi kim? J: Alloh.

8. Uni qanday ushlash kerak?
J: Tahoratli holda.

9. Qur’onda Qur’onni qanday nomlar bilan zikr etilgan?
J: Al-Furkaan, Al-Kitob, Al-Zikr, Al-Nur, Al-Xudo.

10. Makkada nechta sura tushgan?
J: 86 ta.

11.Madinada nechta sura tushgan?
J: 28 ta.

12. Qancha poradan iborat?
J: 30 ta pora.

13.Qancha sura bor?
J: 114 ta.

14. Qancha oyat bor?
J: 6 ming 666 ta.

15. Qur’onda Alloh nomi necha marta berilgan?
J: 2 ming 698 marta.

16. Namoz hakida necha marta aytilgan?
J: 700 marta.

17. Muhammad (s.a.v) qanday nom bilan nomlangan?
J: Sof surasining 6-oyatida Ahmad degan nom bilan
nomlangan.

18. Payg‘ambarimizning ismi necha marta nomlangan?
J: Muxammad(s.a.v)- 4 marta, Ahmad(s.a.v)-1marta.

19. Eng ko‘p qaysi payg‘ambarning nomi aytilgan?
J: Payg‘ambar Muso(a.s)ning.

20. Qur’on oyatlarini dastlab kim sanab sanab chiqqan?
J: Hadicha onamiz.

21.Eng dastlabki va tarixiy masjid qaysi?
J: Ka’ba!

22. Qaysi payg‘ambarni onasining ismi bilan qo‘shib chaqirilgan? J: Paygambar-Iso(a.s) Mariyam o‘g‘li.

23. Qur’onda alohida eslatilgan kun nomi.
J: Qiyomat kuni.

24. Eng uzun sura qaysi?
J: Baqara surasi.

25. Eng qisqa sura qaysi?
J: Kavsar surasi.

26.Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ga Jabroil farishta Qur’onni ilk bor keltirgan vaqtda u zotning yoshlari nechada edi?
J: 40 yoshda.

27. Payg‘ambarimiz Makkada necha yil payg‘ambar bo‘lganlar?
J: 13 yil.

28. U zot Madinada necha yil payg‘ambar bo‘lib turdilar?
J: 10 yil.

29. Qur’on necha yilda tushgan?
J: 22 yilu, 5 oy,14 kun.

30. Qaysi sura namozning har bir rakatida o‘qiladi?
J: Fotiha

31. Alloh Taolo duo o‘rnida o‘qishga lozim ko‘rgan suraning nomi qaysi?
J: Fotiha

32. Eng birinchi sura?
J: Fotiha

33. Qur’onda nomi aytilgan yolg‘iz ayol?
J: Mariyam(a.s).

34. Qaysi surada Bismilloh so‘zi 2 marta aytilgan?
J: Naml surasida.

35. Qur’onda payg‘ambarlarning nomi bilan nomlangan qancha sura bor?
J: 6 ta. Ular: Yunus, Xud, Yusuf, Ibroxim, Nux, Muhammad surasi.

36. Qur’onda Allohning qancha nomi aytilgan?
J: 99 ta.

37.Kur’onda nomi aytilgan va 3-avlod payg‘ambarining nomi?
J: Ibroxim(a.s).

38. Qur’onda boylik haqida nima aytilgan?
J: Odam imonining sinovi.

39. Qur’onda nomlangan masjidlar nechta?
J: 5 ta. Ular: Masjid-ul-Xaram, Masjid-ul-Zirar, Masjid-ul-Nabavi, Masjid-ul-Aksa, Masjid-ul-Kuba.

40. Nomi aytilgan farishtalar?
J: Jabroil, Mikayl, Xarut, Marut


ULASHING

DUNYODA