Get Mystery Box with random crypto!

​​ALBATTA BUNI YODLAB OLING Savol: Rasululloh sollallohu alay | Kalmar Oyini ✅

​​ALBATTA BUNI YODLAB OLING

Savol: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaysi surani ayollar o‘rgansin deganlar?

Javob: Nur surasini.

​Savol: O‘qiganni shafoat qiladigan sura qaysi?

Javob: Sahih hadisda kelganidek, Mulk surasi.

Savol: Insonni dajjoldan saqlab qoladigan o‘n oyat qaysi?

Javob: Kahf surasining dastlabki o‘n oyati.

Savol: Qaysi sura bir martada to‘liq nozil bo‘lgan?

Javob: Muddassir surasi.

Savol: Qaysi sura Qur’onning o‘rkachi deb ataladi?

Javob: Baqara surasi.

Savol: Qaysi sura Havoriylar deb ataladi?

Javob: Sof surasi.

Savol: Vidolashuv surasi qaysi?

Javob: Nasr surasi.

Savol: Meros haqidagi sura qaysi?

Javob: Niso surasi.

Savol: Qur’ondagi eng buyuk sura qaysi?

Javob: Fotiha surasi.

Savol: Arab alifbosidagi barcha harflarni o‘zida jamlagan oyat qaysi?

Javob: Fath surasining oxirgi oyati.

Savol: Qaysi sura kichik Niso surasi deb ataladi?

Javob: Taloq surasi.

Savol: Qur’onning kelinchagi qaysi sura?

Javob: Ar Rohman surasi.

Savol: Qaysi surani najot beruvchi deb ataladi?

Javob: Taborak, Mulk surasi.

XAMMAGA TARQATING SAVOBI SIZGA XAM TEGADI


DUNYODA