Get Mystery Box with random crypto!

Alloh sen bilan birga ekan: — Kechagi kun uchun qayg‘urma. — | ♬◦•✿☆QᥲᥣbιmdᥲsᥲN☆✿•◦♬❤️

Alloh sen bilan birga ekan:

— Kechagi kun uchun qayg‘urma.
— Bugungi kun (muammosi) bilan mashg‘ul bo‘lma.
— Ertangi kun uchun xavotir olma.
Allohning O‘zi senga kifoya!

Alloh sen bilan birga ekan:

— Odamzotdan cho‘chima.
— Makridan vahima qilma.
— Xoinidan xavotir olma.
Chunki Alloh sening najotkoringdir!

Alloh sen bilan birga ekan:

— Kasallikdan tashvish qilma.
— Qartayib kuch-quvvatsiz qolishdan hadiksirama.
— O‘limdan qo‘rquv, vahima qilma.
Chunki Alloh sening himoyachingdir!

Alloh sen bilan birga ekan:

— Faqirlikdan, odamzotni xo‘rlashlaridan xafa bo‘lma.
— Zarar yetkazishlaridan hadiksirama.
Chunki Alloh sening panohkoringdir!

Alloh sen bilan birga ekan:

— Tanqislik va iztirob neligin sezmassan.
— Zahmat, g‘am-g‘ussa neligin bilmassan.
— Na qayg‘u, na azob va na alam nima tuymassan.
Chunki Alloh sening suhbatdoshing va Uning O‘zi senga kifoya!

Alloh sen bilan birga ekan
:

— Yaxshi niyat seni qurshab olgay.
— Xavfsizlik seni qamrab olgay.
— Panoh seni o‘z domiga tortgay.
— Gʻalaba senga yondashgay.
Alloh seni saodatli etib O‘z hifziga olgay!

Hamisha yodingda tut!:

(Men bandamning menga bo‘lgan gumonidaman)
Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, (Allohning) O‘zi unga Yetarlidir."
(Taloq surasi, 3)